Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4K videos
57 files
12.4K links
Download Telegram
Nurafshonda PQ-387-sonli qaror talablari yuzasidan seminar o'tkazildi


🔹Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida Prezidentimizning PQ-387-sonli qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimining birinchi o'rinbosari A. Eshbayev, shahar hokimi oʻrinbosari F. Shomurodov, Iqtisodiyot va Moliya bo'limi boshlig'ining birinchi oʻrinbosari Shohjaxon Ergashevlar qaror asosida obodonlashtirish sohasidagi yangi tartiblar haqida ma’lumot berdi.

🔹Shuningdek, shahar hokimining tegishli o‘rinbosari obodonlashtirish boshqarmasi rahbari sifatida faoliyat yuritishi,
Obodonlashtirish boshqarmasiga issiqxonalar tashkil etish va gul ko‘chatlari ekish,
Avtoturargohlarda avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etilishi kabi yangiliklar muhokama qilindi.

Qaror ijrosi shaharni yanada obod va fayzli go'shaga aylantirish, infratuzilmani yaxshilash, hududni tozalash va chiqindilarni tashish bo‘yicha samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2🔥1👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ 5 million sun’iy intellekt yetakchilari loyihasi amalga oshiriladi


“Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (849-son, 31.12.2025 y.) qabul qilindi.

💻 Qarorga ko‘ra, “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.

Har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi.

💸 Bunda tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan:

▫️ 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;
▫️ 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma;
▫️ 500 nafar yoshlar noutbuk;
▫️ 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar;
▫️ 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti;
▫️ 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” – elektromobil bilan taqdirlanadi.

📝 Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🔹 raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish;

🔹 xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish.
2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok eting!

📅 2026-yil 15-yanvardan boshlab onlayn ro‘yxatdan o‘ting,
🎯 yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylaning va
🎁 qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

👉 O‘z hissangizni qo‘shing, kelajakni birga barpo etaylik!

➡️ Bizni kuzatishda davom eting!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
📌 Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar tashkillandi


⚡️Joriy yilning 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo'llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati yuzasidan 9-umumta'lim maktabida seminar tashkil etildi.

⚡️
Mazkur seminar davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichiga qaratilgan islohotlar hamda ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlar bo'yicha fikrlar almashildi. Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍3👏2
Nurafshonda PQ-387-sonli qaror talablari yuzasidan seminar o'tkazildi


FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏2