Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#sayyor_qabul

🗓08.01.2026.

Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul tashkil etildi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimining birinchi o'rinbosai A. Eshbayev tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.


Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi o'rinbosarlari, IIB boshlig'i A. Yuldashev, Respublika ishchi guruhi a'zolari, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan  uy-joy, moddiy yordam olish, mahalla "yettiligi", ishga joylashish kabi masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Shundan ayrimlari joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib, tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Qabul davomida murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq choralar belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI FUQAROLAR, IS GAZIDAN OGOH BO‘LING!

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!
👏1
Yanvar oyi - bo'sh vakansiyalar.xlsx
43.3 KB
#vakansiya

#bo‘sh_ish_o‘rinlari

🗓Yanvar oyi holatiga Nurafshon shahrida joylashgan korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot.

🔴Eslatib o‘tamiz, mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagida bo‘lsangiz Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

🔴 Ish izlayotgan yaqinlarga ham ulashing, siz ishli bo‘lsangiz, biz xursand bo‘lamiz.

Murojaat uchun telefon: +99899 873 8058

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏2
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
2👍1
Nurafshon shahrida investitsion hamkorlik yo‘nalishida yangi bitim imzolandi


🏙Shahar hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Rustam Haydarov Xitoyning “Guangdong China Central Asia Center” rahbari janob Li Sun bilan ushrashuv o’tkazdi.

🔹Uchrashuvda sanoat hamkorligi platformasini tashkil etish hamda investitsiyalarni jalb qilish masalalari alohida muhokama qilindi.

🔹Mazkur tashabbus doirasida Nurafshon shahri va Guandun savdo palatasi o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi.

Bu orqali Nurafshon shahrida zamonaviy sanoat loyihalarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish ko'zda tutilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI


🔹Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!

⭐️Vatan - barchaga omonat, uni tinchligini asrab-avaylash esa muqaddas burchimizdir!
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_son

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning 2026-yildagi 1-soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha soha mutaxassislari sharhiga qaratildi.

@otabek_khasanov
👍1
#Tozalik

Joylarda obodonlashtirish ishlari
davom etmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Ushbu jarayonda ko‘cha va yo‘l bo‘ylaridagi ortiqcha chiqindilar maxsus avtotransport vositalariga ortilmoqda. Atrof tozalanmoqda. Bu esa hududning yanada obod va ozoda bo‘lishiga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla yettiligi uchun aholini onlayn ro‘yxatga olish yuzasidan yo‘riqnoma

15 yanvardan aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish boshlanadi.

Mazkur tadbirda onlayn ro‘yxatdan o‘tishni istaganlar mazkur videoyo‘riqnoma bilan tanishib olishlari mumkin.
👍1🔥1
#savol_javob

Savol:
Bir vaqtning o‘zida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?

Javob
: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga ko‘ra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Ya’ni, agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish huquqi paydo bo‘lganda, yuqoridagi qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 12 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 13 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 21 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 29 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 32 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 23 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
“Mazmunli ta’til” doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi


🏙Ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Mazmunli ta’til” dasturi doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Nuroniylar” maskanida Sport maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan musobaqada birinchilardan bo‘lib “Navro‘z” mahallasining yoshlari faol ishtirok etdi. Tadbirni Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i B. Abduqodirov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

🔹Musobaqaning belgilangan tartibda va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida sport maktabidan mas’ul Kamoliddin Ismoilov kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

🔹Murosasiz kechgan baxslar yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar aniqlanib, ular Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xususan, birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan yosh shaxmatchilar alohida e’tirof etildi.
👍41👏1