Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Bahodirbek Xonxo'jayev,
Nurafshon shahar hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi mutaxassisi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2🔥1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

Joriy yilning 19-yanvar kuni “Tong” madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.


🔹Mazkur tadbir “Birlik” va “Hurriyat”mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun tashkil etildi. Unda Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, IIB boshlig’i A. Yuldashev, Respublika ishchi guruhi a'zolari O. Musurmonqulov va B. Chinazbekov, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔹Targ‘ibot tadbirida Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi mutasaddilar tomonidan Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan 2026 yilda amalga oshiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalish atroflicha muhokama qilindi.
🔥2🤝21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

🔹O‘zbekiston tarixida ilk bora Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda birinchi marta Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnoma bilan chiqqan, shundan buyon Prezidentimizning har bir Murojaatnomasi xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, chuqur e’tibor bilan tinglanadi.

“Murojaatnoma O‘zbekistonda davlat boshqaruvini zamonaviy bosqichga olib chiqqan samarali mexanizmdir”, – dedi shahar hokimi Ilxom Klichxanov.


🔹Bugungi tadbirda ham ma’ruzachilar tomonidan eng muhim va hayotiy masalalarga urg‘u berildi. Prezidentimiz tomonidan 2026 yil – "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili", deb e’lon qilingani esa xalqimiz uchun juda manfaatli, islohotlar uchun muhim dasturilamaldir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1👏1
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Maftuna Urinbayeva,
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nurafshon shahar Kengashi raisi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥31🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ro‘yxat_2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — bolalar kelajagi uchun muhim!


Ro‘yxatdan o‘tish census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn amalga oshiriladi.

📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma. 

Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok eting. Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🤝1
Nurafshonda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Mansur Xudaykulovning ma'lum qilishicha, bugun "Tong" madaniyat markazida bo'sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


🔹Aholi muammolarini joyida hal etish hamda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar hokimligi va Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o'tkazilgan mazkur yarmarkada 7 ta korxona va tashkilot tomonidan jami 245 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 27 nafar band bo'lmagan ishsiz fuqaro ishtirok etdi. Yarmarka natijasida 2 nafar yurtdoshimizning bandligi ta'minlanib, ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi, 3 nafari esa kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.

Turli sohalar bo‘yicha ish beruvchilar va ish izlovchilar ishtirok etgan yarmarkada ishtirokchilar uchun maslahat va tavsiyalar ham berildi.
👎1🔥1👏1