Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Qish mavsumida yo‘laklarni tozalash va muzlamalarga qarshi choralar

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlar kesimida asosiy qatnov yo‘llari hamda ko‘p qavatli uy-joylar atrofidagi yo‘laklarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf etish, shuningdek, qum va tuz aralashmasini sepish kabi ishlar muntazam amalga oshirilmoqda. Ushbu choralar aholi xavfsizligi va qulay harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR TA’RMOQLARI KORXONASI XALQ MANFAATI YO‘LIDA


Noqulay ob-havo sharoitida ham Nurafshon shahar elektr tarmoqlari xodimlari aholiga uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Yaqinda “Birlik” mahallasidan elektr ta’minotidagi nosozlik yuzasidan murojaat kelib tushganidan so‘ng, elektr tarmoqlari mutaxassislari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borishdi. Qiyin iqlim sharoitiga qaramay, ular muammoni qisqa fursatda bartaraf etib, aholiga elektr energiyasini to‘liq tikladilar.



Bu haqda  "Sevimli TV"  telekanalining "Zamon" informatsion  dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👏2🤝2
Yo‘llar va yo‘laklar qordan tozalanmoqda: xavfsiz harakatlanish uchun amaliy choralar


Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari har kuni shahardagi asosiy yo‘llar va ko‘p qavatli uylar atrofida joylashgan yo‘laklarni qordan tozalab, muzlamalarga qarshi qum va tuz aralashmasini sepish ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu ishlar aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkonini yaratishga xizmat qilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish — bolalar kelajagi uchun muhim!
👏1
📢 E’LON

❗️ Hurmatli hamshaharlar!
O‘zingiz va oila a’zolaringizni tabiiy gaz va yonish xavfidan himoya qiling!

❄️ Ayrim hududlarda gaz bosimi pasaymoqda.

🔥 Nosoz dudburonli yoki quvur orqali ulangan pechlardan foydalanmang.

🔧 Gaz jihozlaringizni doimiy tekshiring va nazoratsiz qoldirmang.

📞 Murojaat: +998 99 004 81 04 🏢 Nurafshonshahargaz
👎2
#jarayon

Boshqaruv servis kompaniyasi: Muammolarga tezkor yechim


Oldinlari koʻp qavatli uylarning qurilish-ta'mirlash ishlarini boshqargan shirkatlar oʻrniga boshqaruvning yangi tizimi – Boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilganiga hali ko'p muddat bo'lmadi. Shu vaqt oralig'ida esa mazkur tizim o'zini hamda xizmat ko'rsatayotgan fuqarolar ishonchini oqlab kelmoqda.

Xabaringiz bor, "Begzod servis 777" (MCHJ) BSK faoliyat yuritib kelmoqda.  Ushbu kompaniya xodimlari bu safar shahrimizdagi  "Taraqqiyot" mahallasida joylashgan 19-ko'p qavatli uyning   kirish joylari va yo‘laklarini qordan tozalamoqda. Qum-tuz aralashmasi yoʻl boʻylariga sepilmoqda.


Mazkur ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahridagi 1-umumta'lim maktabi binosida “Oybek", "Obod turmush" va "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.


Bu haqda  "Nurafshon TV"  telekanalining "Fursat" informatsion  dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
Nurafshon shahrida tabiiy gaz ta’minotini barqarorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Nurafshon shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari aholi uchun qulay sharoit yaratish, tabiiy gazdan uzluksiz foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida tun-kun ta’sirchan ish faoliyatini olib borishmoqda.


Sovuq kunlar va talabning ortayotganiga qaramay, mas’ul mutaxassislar mahallalardagi gaz tarmoqlarini tekshirish, nosozliklarni bartaraf etish, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi vazifalarni jonbozlik bilan bajarishmoqda.

Ular uchun vaqt va harorat ahamiyatsiz – asosiy maqsad aholiga qulaylik yaratish va har bir xonadonda gaz ta’minoti barqaror bo‘lishidir.

Aholidan esa xavfsizlik choralariga amal qilish, nosozlik holatlari kuzatilganda gaz ta’minoti bo‘limiga o‘z vaqtida murojaat qilish so‘raladi.
1👏1
#bildirish

⚡️Elektr ta’minotida ayrim mahallalarda vaqtinchalik roʻy bergan  uzilishlar soat 21:00 gacha bartaraf etiladi.

Nurafshon ShET va O‘rta chirchiq TET shuni ma’lum qiladiki:

2026-yil 23-yanvar sanasida soat 18:15 larda N/S O‘rta chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi XEL 6kV f.Qorasuv 6 kV o‘chirg‘ichida avariya sodir bo‘lgan va oqibatda elektr energiyasida uzilish kuzatilgan. Hozirda O‘rta Chirchiq TET va Toshkent MET xodimlari tomonidan tamirlash ishlari olib borilmoqda.



🔌 Ish vaqti:
🗓 2026-yil 23-yanvar
soat 21:00 gacha avariya holati bartaraf etiladi
.

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Oybek", "Muqumiy", "Obod turmush", "Navro‘z", "Qumariq", "Dexqonobod" va "To‘ytepa" MFY

🏙 O‘rta Chirchiq tumani: "Qorasuv" va "Galabotir" MFY


🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👎61👏1