Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli choralar koʻrilmoqda

🔹22-yanvar kuni tun bo'lishiga qaramasdan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda shahar IIB yo'l harakati xavfsizligi bo'limi boshlig'i, mayor I. Umarov ishtirokida maxsus texnika vositalari jalb etilib, asosiy va ichki ko‘chalarda  yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepildi. Ushbu tadbirlar sovuq ob-havo sharoitida muzlama yuzaga kelishining oldini olish, transport vositalari va piyodalar harakatini xavfsiz hamda uzluksiz ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏41🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Nurafshonda yo‘llar muzlamadan tozalanmoqda: Xavfsizlik — ustuvor vazifa

Nurafshon shahrida qishki mavsumning noqulay ob-havo sharoitida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tun-u kun ish tashkil etilmoqda. Ayni paytda  Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus texnikalariga qum-tuz aralashmasini yuklash va navbatdagi manzillarga yetkazish jarayoni davom etmoqda.



✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2🤝21👏1
📢 E’LON

❗️ Hurmatli hamshaharlar!
O‘zingiz va oila a’zolaringizni tabiiy gaz va yonish xavfidan himoya qiling!

❄️ Ayrim hududlarda gaz bosimi pasaymoqda.

🔥 Nosoz dudburonli yoki quvur orqali ulangan pechlardan foydalanmang.

🔧 Gaz jihozlaringizni doimiy tekshiring va nazoratsiz qoldirmang.

📞 Murojaat: +998 99 004 81 04 🏢 Nurafshonshahargaz
🔥1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar IIB YHXB boshlig‘i, mayor I. Umarovning yoʻl harakati ishtirokchilariga MUROJAATI

"Bizning asosiy vazifamiz — har bir haydovchi va piyodaning manziliga sog‘-omon yetib borishini ta’minlashdir. Hozirgi sovuq havoda yuzaga keladigan namlik yo‘llarda  muzlamalarni hosil qiladi. Shu bois, dam olishga vaqt yo‘q. Obodonlashtirish xodimlari bilan birgalikda har bir xavfli burilish va markaziy ko‘chalarni nazoratdan o‘tkazyapmiz. To‘g‘ri, tun sovuq, lekin xavfsizlik masalasi hamma narsadan ustun. Haydovchilarimizdan esa faqat bir narsani — yo‘llarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini va belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz."


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏2🤝2🔥1
Nurafshon shahar gaz ta’minoti bo‘limi: Aholi xavfsizligi — oliy maqsad

Nurafshon shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tun boʻlishi va qahraton sovuqqa qaramay aholi xavfsizligini ta’minlash hamda hududlardagi gaz uskunalarining holatini nazorat qilish maqsadida tinimsiz xizmat ko‘rsatmoqdalar.

Ularning bunday fidokorona mehnati shahar aholisining xonadonlariga barqaror issiqlik kirib borishini va xavfsiz gaz ta’minotini kafolatlaydi. Har bir xodim o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏21👍1🔥1
Yo‘llarni qordan tozalash, qum va tuz aralashmasi sepish ishlari davom etmoqda


Tungi vaqtda noqulay ob-havo sharoitida aholi va transport vositalari harakati uchun xavfsizlikni ta'minlash choralari ko'rilmoqda.

Nurafshon shahar IIB Yo'l harakati xavfsizligi bo'limi va shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Nurafshon hududidan o'tgan D-002 (Bektemir-Qorasuv - Ohangaron), D-022 (Nurafshon-Oqqo'rg'on) hamda D-020 (Qorasuv-Bo'ka-Bekabod) avtomobil yo'llari hamda piyodalar yo‘laklari maxsus texnikalar yordamida muntazam qordan tozalanmoqda.


🔹Muzlamalarning oldini olish uchun yo‘llarga qum va tuz aralashmasi sepilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar natijasida shahar bo‘ylab harakat xavfsizligi ta’minlanib, fuqarolar uchun qulay va osoyishta muhit yaratilmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1👏1🤝1
📢 E’LON

❗️ Hurmatli hamshaharlar!
O‘zingiz va oila a’zolaringizni tabiiy gaz va yonish xavfidan himoya qiling!

❄️ Ayrim hududlarda gaz bosimi pasaymoqda.

🔥 Nosoz dudburonli yoki quvur orqali ulangan pechlardan foydalanmang.

🔧 Gaz jihozlaringizni doimiy tekshiring va nazoratsiz qoldirmang.

📞 Murojaat: +998 99 004 81 04 🏢 Nurafshonshahargaz
👍1
Hurmatli fuqarolar!

Nurafshon shahrida qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov
;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
;
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (98) 001-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67.
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (55) 903-58-96 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Maqsud;

📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.


🏗Bekzod-Servis 777 MCHJ. Bekzod Karimov;
📱Tel.:90-023-03-70.
(dispetcher) 90-038-77-12.

🏗To‘ytepa Yuksak Servis MCHJ. Jalol Donayev;
📱Tel.: 99-890-49-47.
(dispetcher) 77-073-10-55.

🏗Yangiobod Aholiga Xizmat MCHJ. Ixtiyor Rahimov;
📱Tel.: 99-123-61-61.
(dispetcher) 90-480-68-82.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77,
(90) 128-64-41.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar IIB YHXB boshlig‘i, mayor I. Umarovning yoʻl harakati ishtirokchilariga MUROJAATI

"Bizning asosiy vazifamiz — har bir haydovchi va piyodaning manziliga sog‘-omon yetib borishini ta’minlashdir. Hozirgi sovuq havoda yuzaga keladigan namlik yo‘llarda  muzlamalarni hosil qiladi. Shu bois, dam olishga vaqt yo‘q. Obodonlashtirish xodimlari bilan birgalikda har bir xavfli burilish va markaziy ko‘chalarni nazoratdan o‘tkazyapmiz. To‘g‘ri, tun sovuq, lekin xavfsizlik masalasi hamma narsadan ustun. Haydovchilarimizdan esa faqat bir narsani — yo‘llarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini va belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz."


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏2👍1🤝1
#maslahat

“Pensiya guvohnomasi”ni olish uchun Pensiya jamg‘armasiga kelish shart emasligini bilarmidingiz?
Hurmatli pensionerlar!

Pensiya jamg‘armasi sizga qulayliklar yaratishda davom etmoqda. Bugungi kunda my.gov.uz portalining mobil ilovasida “Pensiya guvohnomasi”ni onlayn ko‘rish imkoniyati mavjud.

Ushbu qulaylikdan foydalanib, pensioner ekanligingizni tasdiqlovchi “Pensiya guvohnomasi”ni onlayn ko‘rishingiz va so‘ralgan joyga elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.

👉 Ma’lumot uchun: “Pensiya guvohnomasi”ni onlayn ko‘rish uchun my.gov.uz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak.
👏1
#muhim

Qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, 218-Transformator punktida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Is gazi – ko‘rinmas qotil

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qiling.
👍1