Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#Obodonlashtirish
#Toshkentyo‘li

🌿 Toshkent yo‘li ko‘chasida — jonli mehnat va shahar obodligi uchun fidoyilik!

Havo sovuq, ammo Obodonlashtirish boshqarmasi jamoasi haroratdan qo‘rqmay, Toshkent yo‘li ko‘chasida tuproqni tayyorlash va daraxtlar ekish ishlarini davom ettirmoqda. Har bir odamning mehnati ko‘chaga yangi nafas, shaharimizga yangi umid olib keladi.

Ushbu ish faqat tuproq qazish va daraxt ekish emas — bu har birimizning kelajagimizga sarmoya, yashil va obod shahar uchun qilinayotgan ulkan xizmatdir.

Fuqarolarimiz, kelinglar, birgalikda shaharimizni yanada chiroyli va qulay qilaylik. Har bir yordam, har bir qo‘l, har bir yurak bu obodonlik ishiga qo‘shilgan bebaho hissadir.


💪 Toshkent yo‘li ko‘chasini birgalikda go‘zallashtiramiz — chorlab qolamiz!

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2
#yarmarka

Ramazon oyi munosabati bilan oziq-ovqat yarmarkalari o‘z faoliyatini boshladi

Prezidentimiz topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida muborak Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent viloyati shahar va tumanlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Quyidagi havolalar orqali hududlardagi yarmarkalar manzillari bilan tanishishingiz mumkin.

Angren shahri:
Manzil: Bo‘ston mahallasida joylashgan "Angren shahar dehqon bozori" hududi 
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Bekobod tumani:
Manzil: Guliston mahallasida joylashgan "Bekobod  tumani dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Bo‘stonliq tumani:
Manzil: Markaziy mahallasida joylashgan "Bo‘stonliq tumani dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Bekobod shahri:
Manzil: O‘zbekiston mahallasida joylashgan "Bekobod shahar dehqon bozori" hududi 
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Bo‘ka tumani:
Manzil: O‘zbek mahallasida joylashgan "Istiqlol" dehqon bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Nurafshon shahri:
Manzil: To‘ytepa mahallasida joylashgan "Nurafshon shahar dehqon bozori" hududi 
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Zangioat tumani:
Manzil: Eshonguzar mahallasida joylashgan "Eshonguzar" dehqon bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Olmaliq shahri:
Manzil:  Hamza mahallasida joylashgan "Oydin" dehqon bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Ohangaron shahri:
Manzil:  Yangiobod mahallasida joylashgan "Ohangaron shahar dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Ohangaron tumani:
Manzil: Nurobod mahallasida joylashgan "Imkon" savdo majmuasi yonida
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Oqqo‘rg‘on tumani:
Manzil: Sobir Rahimov mahallasida joylashgan "Oqqo‘rg‘on tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Piskent tumani:
Manzil: Oybek mahallasida joylashgan "Piskent tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Toshkent tumani:
Manzil: Iftixor mahallasida joylashgan  "Keles" dehqon bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Chirchiq shahri:
Manzil: Yoshlik mahallasida joylashgan "Chirchiq shahar dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Chinoz tumani:
Manzil:  Sarbozor mahallasida joylashgan "Chinoz tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Parkent tumani:
Manzil: Oybek mahallasida joylashgan "Parkent tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Quyi Chirchiq tumani:
Manzil: Navqiron mahallasida joylashgan "Quyi Chirchiq tumani dehqon  bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Qibray tumani:
Manzil: Iftixor mahallasida joylashgan "Makro" savdo majmuasi ro‘parasida
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Yangiyo‘l shahri:
Manzil: Navro‘z mahallasi hududida joylashgan "Yangiyo‘l shahar dehqon bozori" hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiy

Yangiyo‘l tumani:

Manzil: Navbahor mahallasida joylashgan "Gulbahor" dehqon bozori hududi 
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

O‘rta Chirchiq tumani:
Manzil: "Qorasuv" mahallasida joylashgan 72-maktab oldida
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Yuqori Chirchiq tumani:
Manzil: Navro‘z mahallasida joylashgan "Yangibozor" dehqon  bozori hududi
🗺Manzil joylashuvi: Lokatsiya

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom

Toshkent viloyati delegatsiyasi Ufada yurt  qahramoni xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi

Ufa shahrida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov  Rossiya Qahramoni, general-mayor Minigali Shaymuratov haykali poyiga gul qo‘ydilar.

Ularga  mezbon mamlakat rasmiylari va delegatsiyamiz a’zolari hamrohlik qilishdi.

Marosim Boshqird millatining milliy qahramoni xotirasiga yuksak ehtirom va tarixiy merosga sadoqat ramzi sifatida o‘tdi.

O‘zaro muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligi yana bir bor ta’kidlandi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ramazon_taqvimi

2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

Yuqoridagi infografika orqali saharlik va iftorlik vaqtlari haqida batafsil tanishishingiz mumkin

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AdliyaKuni

2026-yil 17-fevral kuni Nurafshon shahridagi “Taraqqiyot” MFYda “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilib, sayyor qabul tashkil etildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 3 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 2 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta'minlandi.

Shuningdek, tadbir davomida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori, “Mulk huquqlari kafolatlari” hamda boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.

Bundan tashqari, fuqarolarga oilaviy nizolarni bartaraf etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish va uning salbiy oqibatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

📌 Adliya organlari tomonidan bu kabi tadbirlar aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍1