Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#ehtirom

Bugun Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan Pardabayeva Kamola Ergashaliyevna boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan 22 ta mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida munosib kuzatildi.

Shahar hokimi Ilxom Klichxanov Kamola Pardabayevnaning shaharda amalga oshirgan samarali mehnat faoliyatiga toʻxtalib, kelgusidagi ish faoliyatiga omad tiladi.

Yigʻilganlar tomonidan ham iliq fikrlar aytildi. Mustahkam sogʻlik, ishlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Пекин шаҳридаги Тяньаньмэнь майдонига ташриф буюриб, Халқ қаҳрамонлари ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил площадь Тяньаньмэнь в городе Пекине и возложил венок к подножию Памятника народных героев.

#Mirziyoyev #tashrif #yodgorlik #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
#ehtirom

Nurafshon shahar Tong madaniyat saroyida 4-mart – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining
28 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.


Bayram tadbirida Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, sektor rahbarlari, shahar hokimining tegishli o'rinbosari, Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Dastavval shahar hokimi I.Klichxanov so'zga chiqib, bayram tabrigini o'qib eshittirdi, so'ngra sadoqatli xizmatlari uchun bir guruh FVB xodimlari tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Shahar madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев давлат ташрифи билан Душанбе шаҳрига келди. Пойтахт аэропортида олий мартабали меҳмонни Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон кутиб олди.

Давлатимиз раҳбари “Дўстий” майдонига ташриф буюриб, Исмоил Сомоний ҳайкали пойига гул қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Душанбе с государственным визитом. В столичном аэропорту высокого гостя встретил Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон.

По прибытии глава нашего государства посетил площадь «Дусти» и возложил венок к памятнику Исмоилу Сомони.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ҳамроҳлигида "Янги Ўзбекистон" боғига ташриф буюрди ва Мустақиллик монументи пойига гулчамбар қўйди.

Президент Российской Федерации Владимир Путин в сопровождении Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева посетил парк «Янги Узбекистон» и возложил венок к Монументу Независимости.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ehtirom

Bugun Nurafshon shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alkarov Qahramon Yusufovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Sektor rahbarlari Iqtisodiy kompleks rahbarlari 22 ta mahalla hokim yordamchilari hamda soliq inspektorlari ishtirokida munosib kuzatildi.

Shahar hokimi I.Klichxanov hamda IIB boshlig'i M.Sottiyevlar Qahramon Yusufovichning shaharda amalga oshirgan samarali mehnat faoliyatiga toʻxtalishib, kelgusidagi ish faoliyatiga omad tilashdi.

Yigʻilganlar tomonidan ham iliq fikrlar aytildi. Mustahkam sogʻlik, ishlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan Alkarov Qahramon Yusufovichni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#Askar_onalariga
#Ehtirom

⚡️Joriy yilning 3 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondoni oʻrinbosari, Milliy gvardiya Nurafshon shahar Faxriylar kengashi raisi, aʼzolari va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar boʻlinmasi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari va mehmonlar ishtirovida videomuloqot tadbiri tashkil etildi.

⚡️Ushbu tadbirda Toshkent viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi podpolkovnik M. Isameddinovga tadbirni ochib berdi.

⚡️ Andijon viloyatidan 41 nafar 92139 harbiy qism muddatli harbiy xizmatlarini oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari bilan jonli muloqot tashkil etildi, bayram tabriklari yoʻllandi. Andijon studiyasidan ishtirok etgan ota-onalarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondoni oʻrinbosari tomonidan farzandlarining namunali xulqi, hamda xizmat burchini tartib-intizom bilan oʻtayotganlari uchun eʼtirof etildi.


RMMM Nurafshon shahar bo‘linmasi
👍7
#Ehtirom
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida, sektor rahbarlari, shahrimiz bir guruh faollari Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 33 yilligi bayrami munosabati bilan Zulfiya Zokirova va uning kelinlari sharafiga oʻrnatilgan "Matonat madhiyasi” yodgorlik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yilib,
ehtirom ko‘rsatdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍51
#ehtirom

Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir

Ustozlik – jamiyatning ma’naviy poydevorini barpo etadigan oliy maqom. Millatning ertasi maktablardan, dunyoqarashi keng, bilimli, mehrli ustozlarning tarbiyasidan boshlanadi.

Millatning kelajagi, yurtimiz taraqqiyoti, yosh avlodning dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasi avvalo, fidoyi muallimlarning zahmatkorona mehnatlariga bog‘liqdir.

Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim sifatini oshirish, ustoz va murabbiylarning mehnat hamda turmush sharoitini yaxshilash – islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir.”

Bu fikrlar ta’lim sohasiga berilayotgan yuksak e’tiborning, ustoz va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan cheksiz hurmat va ishonchning yorqin ifodasidir.

👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

(Toshkent viloyati hokimi,  senator Zoyir Mirzayevning "Toshkent haqiqati"  gazetasining 2025 yil,  1 oktyabrdagi 74-sonida chop etilgan Ustozlik maqomi, shogirdlik ehtiromi hamda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va uning hayotbaxsh samaralari xususidagi mulohazalari)

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom

Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik birla ot...

Viloyat hokimligi hamda "Nuroniy" jamgʻarmasi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan viloyatimiz, mamlakatimiz ravnaqiga sidqidildan hissa qoʻshgan keksalarimizning ibratli umr yoʻllari va hayotiy tajribalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish yaxshi an’anaga aylangan.

Atoqli jamoat arbobi, mehnat faxriysi Abduhoshim Mutalov hayoti va mehnat yoʻli koʻpchilikka ibrat boʻla oladigan keksa avlod vakillaridan. Bu moʻtabar inson shu kunlarda oʻzining qutlugʻ yoshini nishonlamoqda.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#ehtirom

Tibbiyot xodimlariga
ehtirom — jamiyat taraqqiyotining muhim omili

Xabaringiz bor, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan Nurafshon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi J. Axmedqulov bir guruh soha xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlar, tibbiyot sohasidagi yutuqlar va kelgusidagi rejalar xususida so‘z yuritildi.

Bugun sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar, yutuqlar haqida so‘z yuritar ekanmiz, barchangizga mashaqqatli, mas’uliyatli mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. Kelgusida ham sog‘liqni saqlash tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar hayotimizda o‘z aksini topishiga ishonaman, - dedi “Nuroniy” jamg‘armasi raisi J. Axmedqulov.


Tadbirda tibbiyot xodimlarining fidokorona xizmatlari, ularning sharafli faoliyati madh etildi.

Bu kabi ushrashuvlar joylarda davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1