Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#hamkorlik

Zoyir Mirzayev Tatariston Respublikasi Raisi bilan uchrashdi

Rossiya Federatsiyasiga safar chog‘ida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar doirasida hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Rustam Minnixanov so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan hamkorlik izchil va jadal sur’atlarda rivojlanayotgani, xususan, qo‘shma loyihalar soni ortib borayotgani, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanayotgani va o‘zaro tashriflar faollashganini alohida qayd etdi.


Bu borada, ayniqsa, Toshkent viloyati bilan amalga oshirilayotgan izchil hamkorlik samaralari har ikki tomon uchun manfaatli bo‘layotgani, Toshkent viloyati bilan amaliy aloqalarni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.


Uchrashuv chog‘ida sanoat kooperatsiyasi, mashinasozlik, neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, mutaxassislar tayyorlash va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

Rustam Minnixanov Tataristonga  va uning iqtisodiy salohiyatiga e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, birodar O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini e’tirof etdi.


O‘z navbatida, Zoyir Mirzayev samimiy uchrashuv va do‘stona muloqot uchun mezbon tomonga minnatdorlik bildirib, o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan, real natijalar berayotgan  yangi tashabbus va loyihalarni hamisha qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.


Tomonlar hamkorlikda hayotga tadbiq etilayotgan loyihalar yuzasidan ham fikr almashib, ularni yanada jadallashtirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 514 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 247 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 514 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 123 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 291 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 147 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 28 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 190 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 92 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 33 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 107 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 175 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 53 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 11 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
📌 “Adliya kuni” doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

2026-yil 19-fevral kuni Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Obod” MFY hududida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.


Tadbir davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida keng qamrovli huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

✔️ 4 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi;
✔️ 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori, “Mulk huquqlari kafolatlari” hamda boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.


Bundan tashqari, fuqarolarga oilaviy nizolarni oldini olish, ajrimlarning salbiy oqibatlari, oila mustahkamligini saqlash masalalari yuzasidan huquqiy va profilaktik tushuntirishlar berildi.

Tadbir aholining huquqiy madaniyatini oshirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2
#kitob_taqdimoti
#alla_tanlovi

Nurafshon shahri “Nuroniy va ma’naviyat” maskanida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimoti hamda “Alla” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nuroniy buvijonlar, jamoatchilik vakillari, soha mutaxassislari va yoshlar ishtirokida bo'lib o'tdi.


🔺Mazkur tadbir shahar "Nuroniy" jamg'armasi qoshidagi "Buvijonlar maktabi" a'zolari va RMMM Nurafshon shahar bo'linmasi tashabbusi bilan tashkil qilindi. Bo'lib o'tkan tadbirda J.Ahmedkulov milliy o‘zligimizni asrash, boy ma’naviy merosimizni avaylab, uni kelajak avlodga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidladilar. “Milliy qadriyatlar atlasi” xalqimizning urf-odatlari, an’analari va nomoddiy madaniy merosini o‘zida jamlagan muhim manba sifatida e’tirof etildi.

🔺Kitob taqdimoti doirasida o‘tkazilgan “Alla” tanlovida ijrochilar ona mehrini, milliy ruh va ezgulikni tarannum etgan allalarni mahorat bilan kuyladilar. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish va yosh avlod qalbida milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

@Nurafshon_shahar_manaviyat

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏2