TOMORQADAN KELSA BOYLIK — TURMUSH BO‘LAR CHIROYLIK
Ayniqsa, “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida meva va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, balki aholining barqaror daromad topishiga xizmat qiladigan samarali mexanizm hisoblanadi.
Shu maqsadda bugun Nurafshon shahar mahallalar uyushmasi rahbari Z.Maxsudova hamda mahalla yettligi a’zolari ishtirokida "Degantepa" va "Qumariq" mahallalarida aholi tomorqalaridan foydalanish darajasi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mavjud yer maydonlaridan unumli foydalanish, ekin turlarini to‘g‘ri tanlash, hosildorlikni oshirish hamda mahsulotni bozorga chiqarish mexanizmlari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, tomorqalarda intensiv bog‘dorchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda bir kontur asosida ixtisoslashgan holda mahsulot yetishtirishning afzalliklari haqida amaliy tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Axmadjonov Mirkarim Mirmahmud o‘g‘li Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
M.Axmadjonov 1995-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2022-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining pedagogika (gidromelioratsiya yo‘nalishi) mutaxassisligini tamomlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Nurafshon shahridagi “Taraqqiyot” mahallasida yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
#tayinlov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤5👏5🔥1🤝1
Kurbanov Baxtiyor Bakirbay oʻgʻli Nurafshon shahar hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
B.Kurbanov 1996-yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi — jurnalist.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u “Yoshlar kundaligi” media loyihasi rahbari sifatida, shuningdek, Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
#tayinlov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥5❤2👏2🤝1
HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH – USTUVOR VAZIFA
✅ Ayni shu maqsatda Nurafshon shahrida xotin-qizlar katta inspektori, hududiy profilaktika inspektorlari va hamkor tashkilotlar tomonidan notinch hamda ijtimoiy xavf ostidagi oilalar o‘rganilmoqda. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy nizolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan, mahalla faollari hamda jamoatchilik bilan hamkorlik kuchaytirilgan.
❕Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorlashib, qayta huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik ishtiroki ortmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👎1👏1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Facebook|Instagram|X
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Facebook|Instagram|X
👍2
✅Unda shahar korxona va tashkilot mutasaddilari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etib, murojaatchilarning muammolari joyida o‘rganilib, qonun doirasida amaliy yechimlar berilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2