Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA NURAFSHON SHAHAR HOKIMI VA YOSHLAR O‘RTASIDA JONLI MULOQOT
Mazkur vazifa ijrosi doirasida bugun Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi barcha bo‘g‘in rahbarlari hududlarda yoshlar bilan jonli muloqotlar o'tkazmoqda.
✅ Shunday uchrashuvlardan biri shahardagi 32-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimi tomonidan qatnashchi yigit-qizlarning g‘oya va tashabbuslari, startap hamda takliflari tinglanib, ularni hal etish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥1
NURAFSHON SHAHAR PROKURORI YOSHLAR BILAN MULOQOT QILDI
✅ Uchrashuv jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularni ro‘yobga chiqarish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, yoshlar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlar asosida aniqlangan muammolarni joyida hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🔥1
NURAFSHON SHAHRIDA "YASHIL MAKON" LOYIHASINING BAHORGI MAVSUMIGA JIDDIY TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA
✅ Nazorat jarayonida korxona va tashkilotlarga biriktirilgan yer maydonlarini ekish mavsumiga tayyorlash, hudud iqlimi va infratuzilmasiga mos, parvarishi qulay hamda manzarali ko‘chat turlarini tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sug‘orish tizimlarining mavjudligi, suv manbalaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shaharning ekologik muhitini yaxshilash, shuningdek, aholi uchun qulay yashil makonlarni yaratishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
RAMAZON MUNOSABATI BILAN IFTORLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
✅ Nurafshon shahar hokimligi tomonidan maxsus dastur asosida ehtiyojmand oilalarda iftorlik tadbirlari tashkil qilinib, xayrli ishlar davom ettirilmoqda. Bugun shunday tadbirlardan biri shahar hokimi o‘rinbosari F.Shomurodov boshchiligida “Qumariq” mahallasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan oila xonadonida amalga oshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🤝2🔥1