Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.2K photos
4.72K videos
63 files
13.9K links
Download Telegram
#rasmiy

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar  yuzasidan ma’ruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Hamdamov Qobil Murodqulovich nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👎2
#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar hokimligining rasmiy sahifalarida reklama materiallari e’lon qilinganligi aytilgan chiqishlar yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi hamda hokimlik tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarning hokimlik rasmiy sahifalarida e’lon qilinayotgan hech bir materialdan moddiy yoki boshqa manfaatdorligi mavjud emas.

Ayrim materiallarning reklama sifatida talqin qilinayotgani yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, ushbu postlar hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, shahar markaziy ko‘chalarida uzoq vaqt davomida foydalanilmay, bo‘sh turgan hamda shahar qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bino va obyektlarni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar va ishbilarmonlarga keng targ‘ib qilish maqsadida e’lon qilingan.

Mazkur materiallarni joylashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bo‘sh turgan bino va obyektlardan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda shaharning iqtisodiy faolligi va obodligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri — ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hudud rivoji va aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👌1