Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nazorat va ijro – maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kamchiliklar bartaraf etildi

2025-yil iyul oyida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan shahar maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati o‘rganilgan edi.

Tekshiruv jarayonida Nurafshon shahridagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Jumladan, muassasa binosining ichki va tashqi fasad qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani, shuningdek, elektr taqsimlagich moslamalari atrofida yetarli darajada xavfsizlik choralariga rioya etilmagani qayd etilgan.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar hokimining topshirig‘iga binoan keng qamrovli amaliy ishlar olib borildi. Natijada bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim tashkilotining tashqi fasadi hamda ichki xonalari to‘liq ta’mirdan chiqarildi, muassasa hududi obodonlashtirildi.


Bundan tashqari, elektr taqsimlagich uskunalari to‘liq himoya va muhofaza moslamalari bilan jihozlanib, ularning atrofida zarur xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

🤔 I.Klichxanov boshchiligida amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari natijasida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay, xavfsiz hamda zamonaviy sharoitlar yaratildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3🤝1


"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" davom etmoqda

🇺🇿Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan faol yoshlar bilan uchrashuv davomida mamlakatimizda haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida e’lon qilingani yurtimiz yoshlariga bo‘lgan yuksak e’tibor va ishonchning yana bir ifodasi bo‘ldi.

✅️Bugun shahar 10-sonli umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.Sh. Yuldashev, shahar hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, tegishli tashkilot va idora vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🤝2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida payshanba —"Yoshlar kuni" da o‘tkazilgan rahbar va yoshlar uchrashuvlari tafsilotlari qisqa videorolikda.

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥4👏3🤝1


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar bo'ladi

⚡️ Hurmatli hamshaharlar, “F.R. Qorasuv – 6 kV” tarmog‘idagi 123-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 13-mart kuni soat 07:30 dan 17:00 gacha ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

🌀Elektr ta’minotidagi uzilishlar quyidagi hududlarda kuzatiladi:

"Navro‘z" MFY – Davlat xizmati uylari hududi
"Muqimiy" MFY – ayrim ko‘chalar


🔂Mazkur ta’mirlash ishlari elektr tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Nurafshon SHET keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


AYOLLAR VA BOLALAR HUQUQLARI HIMOYA OSTIDA


Kuni kecha “Nurafshon” mahallasida tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbir bo‘lib o‘tdi.

⚡️Unda davlat rahbarining 2026-yil 03-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli Farmoni aholiga batafsil tushuntirildi.


Shundan so‘ng, masʼullar tomonidan mahalla faollariga farmonning asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar hamda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🏷Shuningdek, ishtirokchilar "Iroda" tekstil fabrikasida boʼlib, ayol va qizlar bilan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari va suhbatlar olib borishdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1