Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida payshanba —"Yoshlar kuni" da o‘tkazilgan rahbar va yoshlar uchrashuvlari tafsilotlari qisqa videorolikda.

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥4👏3🤝1


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar bo'ladi

⚡️ Hurmatli hamshaharlar, “F.R. Qorasuv – 6 kV” tarmog‘idagi 123-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 13-mart kuni soat 07:30 dan 17:00 gacha ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

🌀Elektr ta’minotidagi uzilishlar quyidagi hududlarda kuzatiladi:

"Navro‘z" MFY – Davlat xizmati uylari hududi
"Muqimiy" MFY – ayrim ko‘chalar


🔂Mazkur ta’mirlash ishlari elektr tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Nurafshon SHET keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


AYOLLAR VA BOLALAR HUQUQLARI HIMOYA OSTIDA


Kuni kecha “Nurafshon” mahallasida tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbir bo‘lib o‘tdi.

⚡️Unda davlat rahbarining 2026-yil 03-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli Farmoni aholiga batafsil tushuntirildi.


Shundan so‘ng, masʼullar tomonidan mahalla faollariga farmonning asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar hamda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🏷Shuningdek, ishtirokchilar "Iroda" tekstil fabrikasida boʼlib, ayol va qizlar bilan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari va suhbatlar olib borishdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahrida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.

13–14-mart kunlari o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Nurafshon shahrida ham hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etildi.

💠Mazkur hashar jarayonida shahar hududidagi barcha mahallalar hamda tashkilotlar tomonidan ko‘chalar, ichki yo‘laklar va jamoat joylarini tartibga keltirish, ariqlarni tozalash, mavjud yashil hududlarni parvarish qilish, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.


O‘tkazilayotgan tadbirlar natijasida shahar hududlarining sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni obod va ozoda saqlash hamda yashil maydonlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2