Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.3K photos
4.74K videos
63 files
13.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Nurafshonda zamonaviy yer osti yo‘lagi qurilishi boshlandi

Mazkur yirik loyiha shahar markazidagi tirbandliklarni kamaytirish, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va zamonaviy shahar muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Shukurullo Mahmudov va Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida loyiha qurilishiga rasman start berildi.

Tadbirda soha mutaxassislari, nuroniylar, faollar va deputatlar ishtirok etib, muhandislar tomonidan qurilish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, ezgu ishlar oldidan jonliq so‘yilib, duolar o‘qildi.

Loyihaga ko‘ra, uzunligi 44 metr, kengligi 4,5 metr va balandligi 2,5 metr bo‘lgan zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi barpo etiladi.

Shuningdek, yaqin vaqt ichida shaharning boshqa hududlarida yana ikkita yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi ham boshlanishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#bunyodkorlik

Nurafshon markazida zamonaviy xizmatlar majmuasi qad rostlaydi

Nurafshon shahri markazidagi "Nurafshon Business City" hududida aholiga zamonaviy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yirik kompleks qurilishiga tantanali start berildi.

Loyiha doirasida tadbir va to‘y marosimlarini yuqori saviyada o‘tkazishga mo‘ljallangan muhtasham tantanalar saroyi, zamonaviy savdo majmualari, restoran, maishiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan majmualar barpo etilishi rejalashtirilgan.


Ushbu majmua shahar aholisi va mehmonlari uchun yanada qulay infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.

Qurilish ishlariga start berish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Nurafshon shahar hokimi Qobil Hamdamov, tegishli mutasaddilar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir milliy qadriyatlarimizga xos tarzda o‘tkazilib, xayr-saxovat va ezgu niyat ramzi sifatida jonliq so‘yildi, ehson dasturxoni yozildi hamda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va barpo etilayotgan inshootning barakali bo‘lishi uchun duolar qilindi.

Mazkur biznes kompleksi Nurafshon shahrining zamonaviy qiyofasini yanada boyitish, xizmatlar sohasini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladigan muhim loyihalardan biri bo‘lishi kutilmoqda.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1👏1