Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


Yoshlar o‘rtasida boks musobaqasi


🇺🇿 Nurafshon shahar sport maktabida boks sport turi bo‘yicha “Prezident olimpiadasi” doirasida “Nurafshon shahar hokimi olimpiadasi” musobaqasi tashkil etildi.

🔺Mazkur musobaqada ishtirok etgan yosh sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati hamda qat’iyatini namoyon etib, bellashuvlarda faol qatnashdilar.

💠Musobaqa yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natijalarni qayd etgan sportchilar g‘olib va sovrindorlar sifatida aniqlanib, belgilangan tartibda taqdirlandi hamda keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


🔸 Ushbu sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Xalq qabulxonasida murojaatlar ijrosi nazoratda


Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🟣Mazkur qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.


🟣Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar batafsil tinglanib, moddiy yordam, kadastr hujjatlari, sog‘liqni saqlash xizmatlari hamda qurilish sohasiga oid murojaatlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.


✅️Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


🌳 “Mening bog‘im” loyihasining joriy yilgi mavsumi boshlandi

Bugun, 1-apreldan “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘im” loyihasining 2026-yilgi mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

1️⃣Loyiha kiritish bosqichi — 1–10-aprel;
2️⃣ Saralash bosqichi — 11–20-aprel;
3️⃣ Ovoz berish bosqichi — 21–30-aprel kunlari o‘tkaziladi.


“Yashil” kelajak – o‘z qo‘limizda!

#mening_bogim #open_budget

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tartibi

Hokimlar hayratda — tashabbuskor yoshlar ijodiy va innovasion loyihalarini namoyish qilishdi

Haftaning payshanba sanasi — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligida Zoyir Mirzayev boshchiligida yoshlarning startap va innovatsion g‘oyalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi asosiy mavzu yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan istiqbolli loyihalarni tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga tatbiq etish hamda tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirishga qaratildi.

Mazkur tadbirda barcha tuman va shahar hokimlari, bank tizimi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdilar.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM