Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 43 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 64 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 20 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 27 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 13 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Amir Temur – milliy g‘urur timsoli

📌Nurafshon shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda maktab o‘quvchilari, ustozlar hamda mehmonlar ishtirok etib, Sohibqironning boy tarixiy merosi va davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Tadbir tantanali ruhda, milliy qadriyatlarimizga xos tarzda tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ular orqali Amir Temurning jasorati, donishmandligi va yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari yoritib berildi. Ayniqsa, tarixiy obrazlar asosida tayyorlangan chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi va o‘quvchilarning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.


✅️Shuningdek, tadbir yakunida ustozlar tomonidan yosh avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash haqida muhim fikrlar bildirildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda, milliy g‘urur va iftixorni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Pensiyaga tayyorgarlik ko‘rishni hozirdanoq boshlang

🟢Ish stajlaringizga va ish haqlaringizga doimiy ravishda e’tiborli bo‘lib yuring.

🟢Eng muhimi — faqat rasmiy shaklda ishlashga va rasmiy ish haqi olishga harakat qiling!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar

Ilhom va imkoniyatlar uyg‘unlashgan maskan


Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Ayniqsa, iste’dod va salohiyatini namoyon etishga intilayotgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda. Bu ezgu maqsadlar yo‘lida tashkil etilayotgan uchrashuv va muloqotlar esa yoshlarga ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ana shunday mazmunli tadbirlardan biri Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati institut jamoasi va yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarga atroflicha javob berildi.


Tadbir davomida yoshlarga yurt ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish, bilim va salohiyatni muntazam oshirib borish zarurligi alohida ta’kidlandi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning qalbida Vatanga sadoqat, ertangi kunga ishonch va ulkan maqsadlar sari intilish tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi. Zero, tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan bunday maskanlarda ulg‘ayayotgan yoshlar – mamlakatimizning eng katta boyligi va ishonchli tayanchidir.

📹Batafsil videoda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni Buxoro xalqaro aeroportida kutib oldi.

В международном аэропорту Бухары Президент Шавкат Мирзиёев встретил Президента Казахстана Касым-Жомарта Токаева, прибывшего в нашу страну с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X