Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Yoshlar kuni — yangi tashabbuslar va imkoniyatlar maydoni


Bugun “Yoshlar kuni” doirasida Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdilar.

✅️Tadbir davomida yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar o‘rganildi.

✅️Shuningdek, Ilxom Klichxanov tomonidan Nurafshon shahar hokimi olimpiadasida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan, viloyat bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchi yoshlarga elektron protektor (sensor) sport jihozlari jamlanmalari sertifikatlari hamda sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha 7 karra O‘zbekiston chempioni va Osiyo chempioni Aleksandr Nazarovga farmakologik vitaminlar sertifikati topshirildi.


Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan ishlangan san'at namunalari ko'rgazmasi, shaxmat musobaqalari, tasviriy san’atga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida esa rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning muammolarini bevosita rahbarlar bilan muhokama qilish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, sport va ijodiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarni munosib rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 8-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilish hamda Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Nurafshon shahrida olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤝1


Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalari xodimlari diqqatiga!

Tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun sport musobaqalarining mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi hamda voleybol turlari bo‘yicha tumanlararo bosqichiga start berildi.

Mazkur musobaqalar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlari o‘rtasida jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, ularning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Viloyat tibbiyot muassasalari jamoalari uchun musobaqalar:

🗓2026-yil 17-aprel kuni
Soat 09:00 da
📌"Nurafshon arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Barcha tibbiyot xodimlarini faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sog‘lom tanada – sifatli xizmat garovi!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1


Nurafshonlik o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘ldi


Nurafshon shahar 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11- sinf o‘quvchisi Durdona Umirzakova o‘zining yuqori bilim darajasi, izlanishlari hamda tinimsiz mehnati bilan yuqori natijalarga erishdi.

🟣Xususan, u biologiya, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti, kimyo fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin qabul qilish huquqini qo'lga kiritdi.


🏷Shu o‘rinda, o‘quvchining ushbu yutuqlarida ustozlarining fidokorona mehnati, ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi va yaratilgan imkoniyatlarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidlash joiz.

💠O‘quvchimizning ushbu muvaffaqiyati yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, ularni bilim olish, o‘z ustida ishlash va yuksak marralarni zabt etishga undaydi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏63👍3🔥1👌1


Tinchlik tasviri – bolalar ijodida


🤔 Nurafshon shahri yoshlari o‘rtasida “Biz tinchlik istaymiz” mavzusida rasmlar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yoshlar qalbida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

🤔Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan tinchlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va yorqin kelajak tasvirlangan rang-barang ijodiy ishlar namoyish etildi. Har bir rasm o‘quvchilarning ichki dunyosi, orzu-intilishlari va yurt tinchligiga bo‘lgan yuksak ehtiromini o‘zida aks ettirdi.


Yakunda hakamlar hay’ati tomonidan eng sara ijodiy ishlar saralab olinib, g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Ushbu tanlov yoshlar o‘rtasida ijodiy muhitni yanada rivojlantirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1🤝1