Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.4K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 59-го ежегодного заседания Совета управляющих Азиатского банка развития, проходящего в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sammit #OTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на заседании Совета управляющих Азиатского банка развития в Самарканде.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
BILASIZMI? 🙅‍♂️

Ko‘pchilik qurilishni boshlashda faqat poydevor va g‘isht haqida o‘ylaydi, lekin qonuniy hujjatlar binoning eng muhim poydevori ekanligini unutiladi. Noqonuniy qurilish — bu nafaqat xavf, balki katta moddiy zarar hamdir!
Noqonuniy qurilish deganda nima tushuniladi?

Agar qurilishda quyidagilar bo‘lmasa:

Tasdiqlangan loyiha hujjatlari;
Ekspertiza xulosasi;
Qurilishni boshlash uchun maxsus ruxsatnoma;

Noqonuniy qurilishning oqibatlari qanday?

1️⃣Buzdirilish: Sud qarori bilan ob'ekt majburiy tartibda buziladi.
2️⃣Jarima: Katta miqdordagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
3️⃣Foydalanishga taqiq: Bunday ob'ektni hech qachon qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmaydi.

Qurilishni qanday qonuniy qilish kerak?

• Loyihani tayyorlang va ekspertizadan o‘tkazing.
• Ruxsatnomani rasmiylashtiring.
• Texnik va mualliflik nazoratini o‘rnating.
• Faqat shundan so‘ng ob'ektni foydalanishga topshirishingiz mumkin.

❗️Esda tuting: Qonunga rioya qilish — kelajak xavfsizligi va barqarorligining kafolatidir. Noqonuniy qurilish qilmang, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavfga qo‘ymang!

👉 Batafsil ma'lumot infografikada.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

DIQQAT! BA'ZI MAHALLARDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yilning 5-may kuni shaharning "Oybek" hamda "Obod" mahallalari hududidagi yer usti d-57 mm li o‘rta bosimli gaz quvurlarida gaz sizib chiqishini oldini olish, gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

🔴"Obod" MFY Osuda ko‘chasi — 09:00 dan 17:00 ga qadar;
🔴"Oybek" MFY Oybek ko‘chasi — 13:00 dan 17:00 ga qadar.


❗️Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz. Gaz isini sezsangiz, darhol mutaxassislarga qo'ng'iroq qiling!

☎️ Dispetcherlik xizmati: (99) 004-81-04

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Mahalla fuqarolar yig‘inlarida topshiriqlar ijrosi va ijro intizomi o‘rganilmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda viloyat va shahar hokimligining hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilayotganini o‘ranish maqsadida shahar hokimi I.Klichxanov farmoyishiga muvofiq maxsus ishchi guruh tashkil etildi.

❗️Ishchi guruh a'zolari tomonidan "Qumariq", "Dehqonobod", "Degantepa", "To‘y tepa", "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijro intizomi holatini tizimli ravishda o‘rganib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda hamda ijrosi qat’iy nazoratga olinmoqda.

O'rganish ishlari davom etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1