Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshon shahri bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, mahallalarda Yangi O‘zbekiston qiyofasini shakllantirish, hududlarni yanada obod va tartibli holatga keltirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida hashar va tozalik tadbirlari tashkil etildi.

Hashar ishlari davomida mahalla ko‘chalari, ichki yo‘laklar, ariq-zovurlar va jamoat hududlarida sanitariya-tozalik ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, hududlarni begona o‘tlardan tozalash, chiqindilarni olib chiqish, yashil maydonlarni parvarishlash, daraxtlarga ishlov berish hamda gul ko‘chatlari ekish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.


Bundan tashqari, hududdagi bino va inshootlarning fasad qismlarini ta’mirlash, tashqi ko‘rinishini tartibga keltirish, bo‘yoqlash hamda obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar shahar infratuzilmasini yaxshilash va hududlarning estetik ko‘rinishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

❗️ Obodonlashtirish tadbirlarida mutasaddi tashkilotlar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududlarni yanada ozoda va tartibli saqlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Ayni vaqtda Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida "Milliy fashion show" liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'tkazilgan "Burch, jasorat, matonat" shiori ostidagi uch avlod uchrashuvi tadbiri tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan ko'chmas mulklarni sotib oling!


📌Nurafshon shahrida 12 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Tibbiyot faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi


🚛 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, tibbiyot sohasi ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozlar holidan xabar olindi.

🏷Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi raisi R.J.Vohidova boshchiligida tashkil etilgan ushbu tashrif davomida ustoz-shifokorlarning ko‘p yillik mehnati, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va yosh mutaxassislarni tarbiyalashdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.


Shuningdek, ularning ko‘p yillik xizmatlari bugungi kunda ham yosh tibbiyot xodimlari uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlanib, ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va xonadonlariga fayzu baraka tilandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1🤝1


G‘oliblar viloyat bosqichiga yo‘l oldilar!

Nurafshon shahrida yoshlar sportini rivojlantirish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Nurafshon shahar hokimi olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan Nurafshon shahar sport maktabi sportchi-yoshlari g‘oliblik sharafini qo‘lga kiritdilar.

Endilikda ushbu iqtidorli va shijoatli yoshlar viloyat hokimi olimpiadasining viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘l oldilar. Ular nafaqat o‘z mahoratlarini namoyon etish, balki Nurafshon shahri sha’nini munosib himoya qilishni ham maqsad qilganlar.


Ishonamizki, sportchi-yoshlarimiz viloyat bosqichida ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etadilar hamda yangi g‘alabalar bilan yurtimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘taradilar. Barcha ishtirokchilarga omad, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1