Qizlar tarbiyasiga e’tibor — kelajakka e'tibor
Nurafshon shahridagi 9-umumta’lim maktabida o‘quvchi-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
✅ Unda shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, qizlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Suhbat davomida qizlarning jamiyatdagi o‘rni, bilim olishga bo‘lgan intilishi, kasb tanlashi va kelajakda munosib hayot qurishi borasida muhim tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🤝1
Bugun Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i — Mirkarim Axmadjonov tavallud topgan kun
Hurmatli Mirkarim Axmadjonov!
Vazifalarga yuqori mas’uliyat bilan yondashib, yoshlar manfaatlari yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatingiz, tashabbuskorligingiz va fidokorona mehnatingiz tahsinga loyiqdir.
Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu quvonchli kunda Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lsin.
Yurtimiz ravnaqi hamda yoshlar kamoloti yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.
Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏13❤4👍3🤝2
"Pensiya guvohnomasi"dan onlayn foydalanish mumkin
Hurmatli pensionerlar!
🔸 Ushbu qulaylikdan foydalanib, pensioner ekanligingizni tasdiqlovchi "Pensiya guvohnomasi"ni onlayn ko‘rishingiz va so‘ralgan joyga elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.
❗️Batafsil yo‘riqnoma orqali tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari tahlil qilindi
Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari D. Kasimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishlab chiqarish hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilashdan iborat.
✅ Jarayonlarda viloyat prokuraturasi, hokimlik hamda hududiy sanoat shtabi vakillari ishtirok etib,"CHINA KAIYAN STAR BUSINESS" hamda "HENG DA GROUP" korxonalariga tashrif buyurildi.
O'rganishlar davomida korxonalarda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining pasayishiga sabab bo‘layotgan muammolar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, realizatsiya va eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
✅ Tadbirda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M. M. Peltabayeva, kasaba uyushmasi raisi R. J. Vohidova hamda davolash ishlari bo‘yicha muovin S. K. Sherniyazov ishtirok etib, hamshiralarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir davomida hamshiralar mehnati, ularning bemorlarga ko‘rsatayotgan mehr-e’tibori va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbirda hamshiralarga mashaqqatli va sharafli faoliyatlarida sabr-toqat, kuch-g‘ayrat hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Tadbir yakunida bir guruh fidoyi hamshiralarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1