Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


NURAFSHON SHAHRIDA DXX KUBOGI VILOYAT BOSQICHIGA QUR'A TASHLANDI!

😈 ​Yurtimiz yoshlari o‘rtasida eng ommaviy va nufuzli musobaqalardan biri hisoblangan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi"ning Toshkent viloyati bosqichiga rasman start berilmoqda.

Rasmiy marosim davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi:
​Futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha viloyat bosqichida ishtirok etuvchi mahalla jamoalarining o‘zaro raqiblari aniqlandi;
​ Hakamlar brigadasi va maydonlarning shayligi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


Qur’a natijalariga ko‘ra, Nurafshon shahar jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda, shuningdek, Piskent tumani, Ohangaron tumani, Olmaliq shahri, Angren shahri hamda Bo‘ka tumani jamoalari ham ishtirok etadi.

Musobaqaning viloyat bosqichida shahrimiz sharafini katta futbol bo‘yicha “Obod turmush” mahalla jamoasi, mini futbol yo‘nalishida esa “Dehqonobod” mahalla jamoasi himoya qiladi. Nurafshonlik sportchi-yoshlarimizga bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilaymiz! Yigitlarimizdan maydonda munosib ishtirok, chiroyli o‘yin va g‘alabalar kutib qolamiz. Nurafshon sharafini himoya qilayotgan jamoamizga kuch-g‘ayrat, birdamlik va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Muqimiy” mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Tibbiy ko‘rik jarayonlariga oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari, shuningdek laborator-instrumental tekshiruv xizmatlari jalb qilinib, aholiga ultratovush hamda elektrokardiogramma diagnostik tekshiruvlari o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.


Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga qandli diabet kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1


Bugun Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Mansur Xudaykulov tavallud topgan kun

Hurmatli Mansur Umirzakovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi, ijtimoiy barqarorlik va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!

Sizga yuksak hurmat va ehtirom bilan, Nurafshon shahri hokimligi jamoasi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👎2👏2🤝1


🚨OGOH BO‘LING: FEYK!

Juda past foizli yoki umuman foizsiz kredit olish, pul yutib olish kabi xabarlar — bu firibgarlarning navbatdagi aldov usulidir. Bunday “qopqonli” e’lonlarga ishonib qolmang!

Diqqat! Firibgarlarning aldovli xabarlariga ishonmang.


“Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi!”

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2