Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
#ezgulik

Nurafshon shahrida yana bir muqaddas maskan qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi

Nurafshon shahri tarixida alohida o‘rin tutgan “Mushuk ota” qadamjosi 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda hududning muhim tarixiy-ma’naviy maskanlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan mazkur qadamjoda keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, majmua hududi kengaytirilib, zamonaviy infratuzilma yaratildi, yashil hududlar barpo etildi hamda ziyoratchilar uchun barcha qulay sharoitlar tashkil etildi. Shu bilan birga, maskanning tarixiy qiyofasini asrab-avaylash va uning ma’naviy ahamiyatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bugun muborak Qurbon hayiti arafasida ushbu muqaddas qadamjoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olgan Zoyir Mirzayev “Mushuk ota” qadamjosining boy tarixini chuqur o‘rganish, uni yosh avlodga yetkazish hamda yurtdoshlar orasida keng targ‘ib qilish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari yurtimizda muqaddas qadamjolarni asrash, tarixiy merosni tiklash va xalqimizning ma’naviy qadriyatlarini ulug‘lash borasida olib borilayotgan ezgu ishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obodlik
#tabarruk_manzillar

Xabar qilganimizdek, bugun — Qurbon hayiti arafasida navqiron shahrimiz Nurafshonning yana bir qadimiy maskani — "Mushuk ota" ziyoratgohi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


Nurafshon shahrining ayrim hududlarida transport harakati vaqtincha cheklanadi

Qurbon hayiti namozini yuqori saviyada tashkil etish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakatini tartibga solish hamda turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida cheklovlar 26-may kuni soat 20:00 dan 27-may kuni soat 09:00 ga qadar shaharning quyidagi hudud va yo‘nalishlarida amal qiladi:

⛔️ Oppoq mahallasi hududida joylashgan Ismat ota jome masjidi yonidagi chorrahadan 4P–19A avtomobil yo‘lining 5 kilometrida joylashgan 4K–712A avtomobil yo‘li bilan tutashgan chorrahagacha bo‘lgan oraliqda.

⛔️ Birlik mahallasi hududida joylashgan Said ibn Vaqqos jome masjidiga olib boruvchi Birlik ko‘chasida.

⛔️To‘ytepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan To‘ytepa jome masjidiga olib boruvchi To‘ytepa ko‘chasidan Nurobod ko‘chasigacha bo‘lgan 1 kilometr masofada.


❗️Mazkur cheklovlar fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.Haydovchilardan muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlari so‘raladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1


Nurafshon shahrida keng ko‘lamli hayriya tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan "Degantepa" mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yoshi ulug‘ keksalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

🏷Xayriya tadbiri davomida ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari, maishiy texnikalar hamda turli sovg‘alar topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr-oqibat va e’tibor ulashish maqsad qilindi.


Bunday xayriya tadbirlari jamiyatda insonparvarlik, saxovat va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51👎1🔥1🤝1