Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo'lib o'tdi.

Tadbirlarda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek, xalq deputatlari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarni samimiy tabrikladilar. Ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan yo‘llangan tabrik o‘qib eshittirildi. Unda yosh avlodga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar hamda kelajak bunyodkorlari sifatida bitiruvchilarning mas’uliyati alohida ta’kidlab o‘tildi.


Shuningdek, tadbirlarda o‘qituvchilarning mashaqqatli mehnati, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va bitiruvchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari esa o‘quvchilar uchun yangi hayot sari ilk mustaqil qadamning ramzi sifatida yangradi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon tibbiyot birlashmasi xodimasi xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida e’tirof etildi


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi nevrologiya bo‘limi katta hamshirasi Dildora Hamdamova “O‘z kasbining fidoyisi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🟣Ushbu yuksak e’tirof fidoyi tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlash, ularni rag‘batlantirish hamda sohaga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.


🏷Dildora Hamdamovani ushbu munosib yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaymiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏1


Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


🌀Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📍 Nurafshon shahridagi avtosalon atrofida kuzatilgan tartibsizliklar qisqa fursatda bartaraf etildi

📲Kelib tushgan murojaatda avtotransport vositalarining betartib joylashtirilgani hamda qurilish materiallarining hududda tarqoq holda qoldirilgani piyodalar harakatiga jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etilgan edi.

Ushbu murojaat tezkorlik bilan o‘rganilib, muammo ijobiy hal etildi. Hududdagi texnikalar boshqa xavfsiz joyga ko‘chirildi, qurilish materiallari tartibga keltirildi va piyodalarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi.

🧱 Bundan tashqari, ayni paytda mazkur hududda obodonlashtirish ishlari olib borilib, bruschatka yotqizish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Telegram 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👌2


Pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlaringiz toʻgʻrisida bilishni xohlaysizmi?


Unday boʻlsa, Pensiya jamgʻarmasi tashabbusi bilan my.gov.uz portalida yoʻlga qoʻyilgan xizmat orqali bu toʻgʻrisida maʼlumotnomani onlayn olishingiz mumkin.

🔹Shuningdek, ushbu xizmat orqali siz:

🟣 pensiyangizning aniq miqdori;
🟣 umumiy ish stajingiz qanchaligi;
🟣 aniqlangan oʻrtacha ish haqingiz va hisobga olingan miqdori;
🟣 pensiyangizning tayanch miqdori;
🟣 ortiqcha ish stajlaringiz uchun pensiyangizga qoʻshimcha toʻlov miqdori kabi maʼlumotlarni ham koʻrishingiz mumkin.


💠Navbat kutmaysiz — barchasi bir necha soniyada amalga oshadi!

Xizmatdan foydalanish uchun havola: my.gov.uz

💠 Ushbu xabarni pensioner yaqinlaringizga yuborib qoʻying!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки научных кадров и повышению эффективности научной деятельности.

#Mirziyoyev #taqdimot #ilmfan #kadrlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#maxsus_dayjest

Bugun Toshkent viloyatidagi  barcha maktablarda “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida ularga samimiy tilaklar bildirildi, o‘quvchilarning yillar davomida erishgan yutuqlari, fan olimpiadalari, sport musobaqalari hamda turli tanlovlardagi muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi.

Quyidagi havolalar orqali tuman va shaharlarda o‘tkazilgan tadbirlar haqida batafsil tanishishingiz mumkin:

Angren shahar
Bekobod shahar
Bekobod tuman
Bo‘ka tumani
Bo‘stonliq tumani
Zangiota tumani
Nurafshon shahar
Olmaliq shahar
Ohangaron shahar
Ohangaron tumani
Oqqo‘rg‘on tumani
Parkent  tumani
Piskent tumani
Qibray tumani
Quyi Chirchiq tumani
Toshkent tumani 
Chirchiq shahar
Chinoz tumani
O‘rta Chirchiq tumani
Yangiyo‘l tumani
Yangiyo‘l shahar
Yuqori Chirchiq tumani


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Bugun Nurafshon shahar Statistika bo'limi boshlig'i Ulug'bek Samijonovich Bo'riyev tavallud topgan kun

Hurmatli Ulug'bek Samijonovich!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi, ijtimoiy barqarorlik va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!

Sizga yuksak hurmat va ehtirom bilan, Nurafshon shahar hokimligi jamoasi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3