#Bildirish
DIQQAT! BA'ZI MAHALLARDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 5-iyun kuni "Obod" MFY ning Toshkent yoʻli koʻchasidagi yer ustidan yer ostiga oʻtgan d-114 mm li oʻrta bosim gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqishini bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
❗️ Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz. Gaz isini sezsangiz, darhol mutaxassislarga qo'ng'iroq qiling!
☎️ Dispetcherlik xizmati: (99) 004-81-04
Telegram🌐 Instagram 🌐 Website✅ Facebook
DIQQAT! BA'ZI MAHALLARDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 5-iyun kuni "Obod" MFY ning Toshkent yoʻli koʻchasidagi yer ustidan yer ostiga oʻtgan d-114 mm li oʻrta bosim gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqishini bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
🔴 "Obod","Obod turmush", "Oybek", "Navroʻz", "Muqimiy","Maʼrifar", "Toʻytepa" MFY larning Toshkent yoʻli koʻchasidan oʻtgan 8.1 km masofasi.🕐 13:00 dan 18:00 ga qadar;
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2👍1
#dolzarb
Obyekt va xonadoningiz qo‘riqlovini bizga ishoning.
Hoziroq 1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va maxsus taklif egasiga aylaning!
— — —
Доверьте нам охрану вашего объекта и квартиры.
Позвоните по номеру 1131 прямо сейчас и станьте обладателем специального предложения!
— — —
Entrust us with the protection of your property and home.
Call 1131 right now and become the owner of a special offer!
——————
Telegram🌐 Instagram 🌐 Website✅ Facebook
Obyekt va xonadoningiz qo‘riqlovini bizga ishoning.
Hoziroq 1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va maxsus taklif egasiga aylaning!
— — —
Доверьте нам охрану вашего объекта и квартиры.
Позвоните по номеру 1131 прямо сейчас и станьте обладателем специального предложения!
— — —
Entrust us with the protection of your property and home.
Call 1131 right now and become the owner of a special offer!
——————
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Sport maktabi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalarining shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqalar davomida yoshlar arqon tortish, arg‘imchoqda sakrash, mas-restling, workout hamda tosh ko‘tarish sport turlarida o‘z kuch va mahoratlarini namoyon etib, o‘zaro bellashdilar.
Tadbir yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida sport sohasida faol ishtirok etayotgan yoshlarning yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Yoshlarimizning sportdagi faolligi, intilishi va erishayotgan yutuqlari Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti hamda kelajagining mustahkam poydevori hisoblanadi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👍1👏1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov, shahar gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Санкт-Петербург. В международном аэропорту «Пулково» высокого гостя встретили первый заместитель Председателя Правительства Российской Федерации Денис Мантуров, губернатор города Александр Беглов и другие официальные лица.
#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Санкт-Петербург. В международном аэропорту «Пулково» высокого гостя встретили первый заместитель Председателя Правительства Российской Федерации Денис Мантуров, губернатор города Александр Беглов и другие официальные лица.
#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga keldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Санкт-Петербург.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Санкт-Петербург.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun Nurafshon shahar hokimining yordamchisi Shermatov Ibrohim Mamurjonovichning tavallud topgan kuni.
Hurmatli Ibrohim Mamurjonovich! Sizni ushbu sana bilan muborakbod etamiz. Mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Shahrimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤3🤝3🔥2
Sizga qancha pensiya to‘langanligini onlayn tekshirmoqchimisiz?
✔️ Unda mazkur havola orqali o‘tib, o‘zingiz xohlagan davrni belgilab, sizga qancha miqdorda pensiya to‘langanligini onlayn tekshirishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida “Xavfsiz oila” keng qamrovli profilaktik tadbiri davom etmoqda
“Xavfsiz oila” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida Nurafshon shahrining Yangiobod MFY hududida oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, qaynota-qaynonalar va kelinlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning oldini olish, xotin-qizlar hamda bolalarning huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga barham berish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
✅ Tadbirlar doirasida IIBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, targ‘ibot guruhi a’zolari, Din ishlari bo‘yicha viloyat hokimligi mutaxassislari, mahalla faollari, xotin-qizlar faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida nizoli oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va tazyiq hamda zo‘ravonlik xavfi mavjud bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash yuzasidan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish hamda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash bo‘yicha tushuntirish ishlari tashkil etildi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Sizlarning har bir g‘alabangiz millionlab yurtdoshlarimizga g‘urur va ilhom bag‘ishlaydi. Maydonda matonat, ishonch va g‘alaba ruhi sizlarga doimo hamroh bo‘lsin!
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Nurafshon shahri aholisi uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 26-dekabrdagi 400-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda markazning tasdiqlangan rejasi asosida bugun Nurafshon shahrida ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir davomida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bir qatorda, birlamchi tibbiyot tizimi shifokorlarining malakasini joyida oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi.
✅ Tibbiy ko‘rikda qon tomir jarrohi-angionevrolog hamda dupleks tekshiruv mutaxassislari ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan uyqu arteriyalarining dupleks tekshiruvi va angionevrolog ko‘rigi amalga oshirildi.✅ Ko‘rikka 50 yoshdan oshgan, anamnezida ishemik insult yoki miokard infarkti kuzatilgan, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya bilan xastalangan, shuningdek, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshda shovqin va qo‘l-oyoqlarda uvishish kabi holatlardan shikoyat qilayotgan fuqarolar jalb etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida bemorlarga malakali tavsiya va maslahatlar berildi. Zarur hollarda fuqarolarni viloyat hamda respublika darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida statsionar davolanishga yo‘naltirish uchun tegishli yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2