Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Nurafshon shahri aholisi uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi


Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 26-dekabrdagi 400-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda markazning tasdiqlangan rejasi asosida bugun Nurafshon shahrida ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir davomida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bir qatorda, birlamchi tibbiyot tizimi shifokorlarining malakasini joyida oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi.

Tibbiy ko‘rikda qon tomir jarrohi-angionevrolog hamda dupleks tekshiruv mutaxassislari ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan uyqu arteriyalarining dupleks tekshiruvi va angionevrolog ko‘rigi amalga oshirildi.

Ko‘rikka 50 yoshdan oshgan, anamnezida ishemik insult yoki miokard infarkti kuzatilgan, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya bilan xastalangan, shuningdek, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshda shovqin va qo‘l-oyoqlarda uvishish kabi holatlardan shikoyat qilayotgan fuqarolar jalb etildi.


Tibbiy ko‘rik davomida bemorlarga malakali tavsiya va maslahatlar berildi. Zarur hollarda fuqarolarni viloyat hamda respublika darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida statsionar davolanishga yo‘naltirish uchun tegishli yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Xotin-qizlar manfaatlari — e’tibor markazida


Nurafshon shahar hokimiyatining faollar zalida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yanada oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda mavjud muammolarini tizimli hal etishda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔸Unda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O‘. Rashidov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova, Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi rahbari Z. Maxsudova, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdi.


🏷Yig‘ilish davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🟣Shuningdek, mutasaddilar tomonidan bu boradagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Aziz  yurtdoshlar!

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan salbiy illatdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilingan.

Korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz – befarq bo‘lmang. Bu kabi holatlar haqida Toshkent viloyat prokuraturasining 71-501-07-32 raqamli “Ishonch telefoni” yoki  "@Toshvilprok_antikorbot" telegram boti orqali murojaat qiling.

Murojaatingiz tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi hamda shaxsingiz oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

Halollik va adolat – taraqqiyot garovidir.

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Jamoat xavfsizligi faollari rag‘batlantirildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida samarali faoliyat olib borayotgan quyidagi bir guruh fidoyi mutaxassis va faollar munosib taqdirlandi.

• Nurafshon shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari – IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Tulepov Ermuxanbet Saydullayevich;

• “Taraqqiyot” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi Kurbonov Olimjon Jumanovich;

• “Birlik” MFY hokim yordamchisi Xayrullayev Shahzod Habibullo o‘g‘li;

• “Yangiobod” mahallasi xotin-qizlar faoli Barakayeva Madina Sayfillayevna;

• “Hurriyat” MFY yoshlar yetakchisi Aldiyorov Baxtiyor Ziyodulla o‘g‘li;

• “To‘ytepa” MFY IIB inspektori Majidov Jasur Abdujalil o‘g‘li;

• “Degantepa” MFY ijtimoiy xodimi Umirzokova Mashkura Rahimovna;

• “Navro‘z” MFY soliq inspektori Imomov Umarbek Murtoza o‘g‘li;

• Nurafshon shahar hokimligi mutaxassisi, shtab a’zosi Xonxo‘jayev Bahodir Anvarxo‘ja o‘g‘li;

• Mahalla uyushmasi mutaxassisi, shtab a’zosi Xakimov Sanjar Abbos o‘g‘li.


Tadbir davomida e’tirof etilganlarning mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi xizmatlari alohida qayd etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1