Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida


Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, hokim o‘rinbosari N. Djumanova, shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, yer va kadastr masalalari, qurilish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmani rivojlantirishga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Ko‘tarilgan masalalarning ayrimlari qabul jarayonining o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi uchun mas’ul tashkilotlarga biriktirildi.

❗️Fuqarolar bilan muntazam ravishda tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini topish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1👏1🤝1
#Bildirish

DIQQAT! BA'ZI MAHALLARDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 5-iyun kuni "Obod" MFY ning Toshkent yoʻli koʻchasidagi yer ustidan yer ostiga oʻtgan d-114 mm li oʻrta bosim gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqishini bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

🔴"Obod","Obod turmush", "Oybek", "Navroʻz", "Muqimiy","Maʼrifar", "Toʻytepa" MFY larning Toshkent yoʻli koʻchasidan oʻtgan 8.1 km masofasi.

🕐13:00 dan 18:00 ga qadar;


❗️Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz. Gaz isini sezsangiz, darhol mutaxassislarga qo'ng'iroq qiling!

☎️Dispetcherlik xizmati: (99) 004-81-04

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2👍1
#dolzarb

Obyekt va xonadoningiz qo‘riqlovini bizga ishoning
.
Hoziroq 1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va maxsus taklif egasiga aylaning!
— — —
Доверьте нам охрану вашего объекта и квартиры.
Позвоните по номеру 1131 прямо сейчас и станьте обладателем специального предложения!
— — —
Entrust us with the protection of your property and home.
Call 1131 right now and become the owner of a special offer!
——————
Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” Nurafshon shahar bosqichi g'oliblari aniqlandi

Nurafshon shahar hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Sport maktabi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalarining shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqalar davomida yoshlar arqon tortish, arg‘imchoqda sakrash, mas-restling, workout hamda tosh ko‘tarish sport turlarida o‘z kuch va mahoratlarini namoyon etib, o‘zaro bellashdilar.

Tadbir yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

🏆Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida sport sohasida faol ishtirok etayotgan yoshlarning yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.


Yoshlarimizning sportdagi faolligi, intilishi va erishayotgan yutuqlari Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti hamda kelajagining mustahkam poydevori hisoblanadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1👏1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov, shahar gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Санкт-Петербург. В международном аэропорту «Пулково» высокого гостя встретили первый заместитель Председателя Правительства Российской Федерации Денис Мантуров, губернатор города Александр Беглов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga keldi.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Санкт-Петербург.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Bugun Nurafshon shahar hokimining yordamchisi Shermatov Ibrohim Mamurjonovichning tavallud topgan kuni.

Hurmatli Ibrohim Mamurjonovich! Sizni ushbu sana bilan muborakbod etamiz. Mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍163🤝3🔥2


Sizga qancha pensiya to‘langanligini onlayn tekshirmoqchimisiz?

✔️ Unda mazkur havola orqali o‘tib, o‘zingiz xohlagan davrni belgilab, sizga qancha miqdorda pensiya to‘langanligini onlayn tekshirishingiz mumkin.


🤔Ushbu xizmat bepul bo‘lib, my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan holda istalgan vaqtda undan foydalanishingiz mumkin. Barchasi tez, oson va juda qulay.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida “Xavfsiz oila” keng qamrovli profilaktik tadbiri davom etmoqda

“Xavfsiz oila” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida Nurafshon shahrining Yangiobod MFY hududida oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, qaynota-qaynonalar va kelinlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning oldini olish, xotin-qizlar hamda bolalarning huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga barham berish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar doirasida IIBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, targ‘ibot guruhi a’zolari, Din ishlari bo‘yicha viloyat hokimligi mutaxassislari, mahalla faollari, xotin-qizlar faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida nizoli oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va tazyiq hamda zo‘ravonlik xavfi mavjud bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.


Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash yuzasidan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish hamda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash bo‘yicha tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan ko'chma savdo joylarini sotib oling!


📌Nurafshon shahrida 511 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilaymiz!

⚽️Nurafshon shahar 1-maktab jamoasi va o‘quvchilari Jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarini chin qalbdan qo‘llab-quvvatlaydi.

🏆Sizlarning har bir g‘alabangiz millionlab yurtdoshlarimizga g‘urur va ilhom bag‘ishlaydi. Maydonda matonat, ishonch va g‘alaba ruhi sizlarga doimo hamroh bo‘lsin!


🇺🇿Biz sizlarga ishonamiz! Yangi zafarlar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1