Nurafshon shahri hokimligi
3.09K subscribers
47.4K photos
4.49K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalarining tarqalishining oldini olish, millatlararo hamjihatlik va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash, shuningdek, terrorizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Unda targ‘ibot guruhi a’zosi M.A.Tursynboyeva ishtirok etib, mazkur mavzular yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib bordi. Suhbat davomida fuqarolarning ogohligini oshirish, reproduktiv salomatlikni asrash, tejamkorlik madaniyatini shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, odob-axloq me’yorlariga rioya etish hamda erta turmushning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan kiyinish madaniyati va muomala odobi yuzasidan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


GAP ayollar IT-klubi forumiga taklif etamiz!

🏷Hududlarda xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida 10-iyun soat 11:00 da navbatdagi GAP ayollar IT-klubi forum bo‘lib o‘tadi.

➡️Forum bu safar quyidagi hududlarni qamrab oladi:
Sirdaryo viloyati
🗺 Yoshlar markazi binosi, 2-qavat IT Park Sirdaryo filiali majlislar zali

Farg'ona viloyati
🗺 Farg‘ona shahridagi "Yangi O‘zbekiston" (Eco City) hududida joylashgan IT Park (Fergana Digital Hub) majmuasi, 1-qavat majlislar zali

Andijon viloyati
🗺 "Andijan Digital City" texnoparki binosi, 1-qavat majlislar zali

Toshkent viloyati
🗺 "CYBER UNIVERSITY" binosi, 1-qavat kutubxona zali

Namangan viloyati
🗺IT Park Namangan filiali binosi, 3-qavat majlislar zali.


➡️Roʻyxatdan oʻtish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc53PirIHvt7F_f8aD9pZG_QKB-IAu29aciL7LgVa-dOlF0RQ/viewform

⚡️Axborot texnologiyalari sohasiga qiziqadigan, o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirishni istagan barcha xotin-qizlar va yoshlarni forumda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам обеспечения занятости выпускников организаций высшего образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#sessiya

❗️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi 9-iyun, soat 11:00 da shahar hokimligi majlislar zalida bo'lib o'tadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


Aholi murojaatlari – e’tibor va yechim markazida

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev tomonidan “Hurriyat” mahallasida navbatdagi sayyor shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabulda mahalla aholisi, ayniqsa, yoshi ulug‘ fuqarolar faol ishtirok etdi. Bu esa ichki ishlar organlari tomonidan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning ishonchini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarning samarasi hisoblanadi.


Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Amaliy yordam talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi fuqarolarning dard-u tashvishlarini tinglash, mavjud muammolarga yechim topish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlashdan iborat.

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


❗️🔴🟦🟦

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Nurafashon shahar Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.

Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻


Facebook

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Prezident tashabbusi bilan boshlangan xayrli ishlar davom etmoqda

🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabati bilan og‘ir xastaliklar bilan kurashayotgan bemorlarga yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish hamda kasal bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan zarur mablag‘lar ajratildi.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Nurafshon shahrida davolanishga muhtoj fuqarolar uchun alohida ro‘yxat shakllantirildi. Jumladan,bugunga qadar 26 nafar bemorga davolanish vaucherlari topshirildi, ulardan 6 nafari onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar, 1 nafari transplantatsiya amaliyotiga muhtoj fuqaro hamda 19 nafari 18 yoshga to‘lmagan bolalardir. Vaucherlarni o‘z egalariga topshirish jarayonlarida shahar hokimligi, shahar prokuraturasi va Tibbiyot birlashmasi mas'ullari ishtirok etib, bemorlar hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.


Suhbatlar davomida bemorlarning salomatligi, davolanish jarayonlari va mavjud ehtiyojlari yuzasidan fikr almashilib, ularga zarur tavsiyalar hamda ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Ushbu xayrli tashabbus aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayniqsa, davolanishga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43