Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#rasmiy
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Hamdamov Qobil Murodqulovich nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Hamdamov Qobil Murodqulovich nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!
🔴 Bugungi kunda ishlayotgan bo‘lsangiz, ish joyingizdagi kadrlar bo‘limidan mehnat faoliyatingiz to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlarni my.mehnat.uz tizimiga kiritib qo‘yishlarini talab qiling.
❗️ Bugungi kunda ishlamayotgan bo‘lsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilib, mehnat daftarchangizdagi yozuvlarni bepul raqamlashtirib oling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun: Niderlandiya — O‘zbekiston | O‘rtoqlik uchrashuvi
Raqib — FIFA reytingida 6-o‘rinni egallagan Niderlandiya. O‘yin AQSHning Nyu-York shahridagi "Isahn Stadium" da Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Tarixda birinchi marta Jahon chempionati finaliga yo‘l olgan terma jamoamiz uchun bu o‘yin alohida ahamiyatga ega — kuchli raqibga qarshi o‘zini sinash va taktik tayyorgarlikni tekshirishning so‘nggi imkoniyati.
Niderlandiya ham o‘z navbatida JCH oldidan yakuniy tayyorgarlik o‘yini sifatida bu uchrashuvga jiddiy yondashmoqda.
Terma jamoamizga omad tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Avvalroq xabar berilganidek, 2023-yildan buyon Nurafshon shahri hokimi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Klichxanov Ilxom Mahmudjonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bugun shahardagi faoliyatini yakunladi.
Shu munosabat bilan Nurafshon shahar hokimligida samimiy kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, hokimlik jamoasi hamda tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etib, Ilxom Klichxanovning Nurafshon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shaharning zamonaviy qiyofasini shakllantirish va aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi xizmatlari qolaversa investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlari alohida ta’kidlandi.
O‘z navbatida Ilxom Klichxanov ham faoliyati davomida ko‘rsatib kelingan hamkorlik va qo‘llab-quvvatlov uchun jamoatchilik, hamkasblar hamda Nurafshon xalqiga minnatdorlik bildirib, shahar ravnaqi yo‘lida boshlangan ezgu ishlar izchil davom etishiga ishonch bildirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🤝6👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi insonlar ketmaydi — ular odamlar qalbida yashaydi.
Hayotda ayrim insonlar egallagan lavozimi bilan emas, balki odamlarga bo‘lgan samimiy munosabati, insoniy fazilatlari va ortidan qoldirgan ezgu ishlari bilan yodda qoladi. Ilxom Mahmudjonovich, Siz ham Nurafshon ahli qalbidan ana shunday munosib o‘rin egallagan insonlardansiz.
Shahar taraqqiyoti, aholi farovonligi va yurt ravnaqi yo‘lida qilgan samarali mehnatlaringiz, ko‘rsatgan g‘amxo‘rligingiz hamda fidoyiligingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Faoliyatingiz davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ilgari surilgan tashabbuslar va hayotga tatbiq etilgan loyihalar uzoq yillar davomida o‘z samarasini berib, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.
Siz bilan birga ishlagan davr mobaynida nafaqat kasbiy faoliyat, balki insoniylik, mas’uliyat, fidoyilik va xalqparvarlik borasida ham ko‘plab saboqlar oldik. Bu tajriba va hayotiy o‘gitlar har birimiz uchun qadrli maktab bo‘lib qoladi.
Kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va yangi zafarlar tilaymiz. Qayerda faoliyat yuritmang, xalqimiz ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lib yurishingizga ishonamiz.
Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍10👏7🔥4🤝2