Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Qobil Xamdamov ilk kunlardanoq amaliy ishlar markazida


Avval xabar berilganidek, Qobil Xamdamov Muratkulovich Nurafshon shahar hokimi lavozimida ish boshladi. U shu kunning o‘zidayoq yangi vazifaga yuksak mas’uliyat bilan kirishib, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda Nurafshonga “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini olib kirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldi.

Jumladan, bugun shahar hokimi tomonidan “Toshkent yo‘li” ko‘chasi bo‘ylab olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayon davomida amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.


Xususan, ko‘p qavatli uylar va ularda istiqomat qilayotgan aholiga yaratilgan sharoitlarning bugungi kun talablariga mosligi, har bir holatda inson qadrini ulug‘lash tamoyilining qaror topishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatli bajarilishi, shahar landshafti, yashil hududlar hamda bolalar maydonchalari holatiga alohida e’tibor berildi.

Tegishli mas’ullarga mavjud kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati natijalari va uni yanada rivojlantirish rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о результатах деятельности Центра исламской цивилизации в Узбекистане и планах его дальнейшего развития.

#Mirziyoyev #taqdimot #marifat #markaz

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Qobil Xamdamov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi


Nurafshon shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig'ilishda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalar, xususan soliq tushumlarini oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi samarali kurashish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Jarayonda bugungi holat tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablari yuzasidan batafsil fikr almashildi.


Shuningdek, belgilangan vazifa va topshiriqlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijrosini ta’minlash, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, mas’ul rahbarlarning javobgarligini yanada kuchaytirish hamda ijro nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shahar hokimi tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Yig‘ilish yakunida tegishli mutasaddi rahbar va mas’ullarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, shuningdek aniqlangan muammolarni kompleks yondashuv asosida hal etish bo‘yicha qat’iy vazifalar yuklatildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21