Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat bugun soat 10:00 dan Obod MFY aholisi uchun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi rahbari M.M. Peltabayeva tomonidan sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
✅ Fuqarolar salomatligidagi muammolar yechimi, shifoxonada mavjud diagnostik tekshiruvlar, statsionar va ambulator davolanishlar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha ma’lumotlar beriladi. Tibbiy ko‘rikka tor soha mutaxassislari, laborator va instrumental tekshiruvlar, EKG, UTT, umumiy amaliyot shifokori hamda terapevt shifokorlar jalb qilingan.
Tadbir davomida aholi uchun sog‘lom turmush tarzi tamoyillari mavzusida maslahat va tavsiyalar beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Yana bir e’tirof!
🎖 U O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Futbolchilarimizga omad tilaymiz!
🔺 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tilaydi.
🔹Olg‘a, O‘zbekiston! Yangi zafarlar sizga yor bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
"Dolzarb 90 kun" tadbirlarining dolzarb vazifalari belgilab berildi
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla uyushmasi vakillari, yoshlar yetakchilari hamda yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlar bandligini ta’minlashga mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, Nurafshon shahrida Yoshlar kuni tadbirlarini munosib o‘tkazish, yoshlar oyligi doirasida turli loyihalarni amalga oshirish hamda iqtidorli va faol yoshlarni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Ma’lumot uchun, shahardagi 4-, 13- va 57-sonli umumta’lim maktablarida “Sog‘lomlashtirish maydonchalari” tashkil etilib, ularga 300 nafardan ortiq o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan. Maydonchalarda haftaning har bir kuni alohida yo‘nalish asosida tashkil etilmoqda: teatr tomoshalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik tadbirlari, vatanparvarlik uchrashuvlari, tarixiy maskanlarga ekskursiyalar hamda turli sport musobaqalari shular jumlasidandir.
Mazkur ishlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1👎1👏1🤝1
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI DIQQATIGA!
✅ Uchrashuvda asosiy e’tibor tabiiy monopoliya subyektlari ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati, reklama faoliyatidagi muammolar, birja savdolari hamda boshqa masalalar bilan bog‘liq muammolarni ko‘rib chiqishga qaratiladi.
📞 Tel.: (998 71) 502-01-99.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qobil Xamdamovning ilk rasmiy muloqoti yoshlar bilan bo‘lib o‘tdi
✅ Nurafshon shahar hokimi lavozimida faoliyatini boshlagan Qobil Xamdamov ham ilk rasmiy uchrashuvini aynan yoshlar bilan o‘tkazgani bejiz emas. Mazkur muloqotda shaharning faol yoshlari, mahalla yoshlar yetakchilari, mahalla raislari, yoshlar siyosatiga mas’ul tashkilotlar vakillari, shuningdek, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yo‘ldashev hamda shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i J. Sayfiyev ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Nurafshon shahrida 10 mingga yaqin yoshlar turli sohalarda samarali faoliyat yuritib, ta’lim olish, kasb egallash va kelajakdagi ulkan maqsadlari sari intilib kelmoqda. Shahar hokimi o‘z nutqida yoshlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy bunyodkorlari ekanini alohida qayd etib, ularning har tomonlama kamol topishi davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, yoshlar siyosati yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar, mutasaddi va yoshlar yetakchisi yoshlarning taqdiri, kelajagi va muvaffaqiyati uchun mas’ul ekanini bildirib o‘tdi.
✅ Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, startap loyihalari, innovatsion g‘oyalari va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalar asosida hududda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish, Prezidentimiz tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
❕Muloqot yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Bu esa Nurafshon shahrida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3