Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda faol yigit-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🎥Tafsilotlar videorolikda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6👎31🤝1


Tashqi reklamalarda davlat tili me'yorlari tartibga solinmoqda


Nurafshon shahri hokimi maslahatchisi M. Shoismanova
hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo‘limi bosh mutaxassisi U. Yuldashev tomonidan shahar Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida tashqi reklama vositalarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari oldiga o‘rnatilgan reklama bannerlari, peshlavhalar hamda boshqa tashqi yozuvlarning davlat tilida to‘g‘ri va savodli yozilishi, ularning belgilangan dizayn va o‘lcham me’yorlariga mosligi ko‘rib chiqildi.


Mazkur o‘rganishlar davomida ayrim reklama vositalarida amaldagi qonunchilik talablariga zid holatlar aniqlanib, ular belgilangan tartibda bartaraf etildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari vakillariga tashqi reklama vositalarini joylashtirishda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari, davlat tiliga hurmat, hamda shahar qiyofasini yanada obod va tartibli saqlash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanishining oldini olish maqsadida ogohlantirish xatlari topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👌1



Nurafshonda aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar davom etmoqda

Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Obod” mahallasida aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari hamda diagnostika xizmatlari ishtirok etib, fuqarolar ultratovush (UTT) va elektrokardiogramma (EKG) tekshiruvlaridan o‘tkazildi.


Ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, aniqlangan kasalliklar va xavf omillari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, yurak-qon tomir hamda boshqa yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.


Bunday tibbiy ko‘riklar Nurafshon shahrining barcha mahallalarida bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Nurafshon shahri "Birlik" MFY hududida joylashgan Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan nashrdan chiqarilgan “Temurbek” kitobining taqdimoti “Kitob karvoni” loyihasi asosida yuqori saviyada o‘tkazildi.


Nurafshon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, deputat J.Axmedqulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh.Erkinova hamda shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.Tadbir davomida Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4