Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Yana bir e’tirof!


Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Oppoq” mahallasi yoshlar yetakchisi Ixtiyor Mahmudov Nurali o‘g‘li ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi samarali faoliyati uchun munosib taqdirlandi.

🎖U O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


🤝Mazkur yuksak e’tirof yoshlar yetakchisining ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni asrash va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan tashabbuslarining munosib bahosidir.

👏Hamkasbimizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Futbolchilarimizga omad tilaymiz!


💠O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani xalqimiz uchun katta quvonch va faxr bag‘ishladi.

🔺Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tilaydi.


✔️Sizlarning matonatingiz va fidoyiligingiz yosh avlod uchun ibratdir. Ishonamizki, Jahon chempionatida ham Vatanimiz bayrog‘ini munosib himoya qilib, muxlislar ishonchini oqlaysiz.

🔹Olg‘a, O‘zbekiston! Yangi zafarlar sizga yor bo‘lsin!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21


"Dolzarb 90 kun" tadbirlarining dolzarb vazifalari belgilab berildi

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla uyushmasi vakillari, yoshlar yetakchilari hamda yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlar bandligini ta’minlashga mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yozgi ta’til davomida ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan to‘garaklar, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va intellektual o‘yinlarni mazmunli hamda samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Har bir yosh toifasi uchun alohida dasturlar asosida tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, Nurafshon shahrida Yoshlar kuni tadbirlarini munosib o‘tkazish, yoshlar oyligi doirasida turli loyihalarni amalga oshirish hamda iqtidorli va faol yoshlarni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, shahardagi 4-, 13- va 57-sonli umumta’lim maktablarida “Sog‘lomlashtirish maydonchalari” tashkil etilib, ularga 300 nafardan ortiq o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan. Maydonchalarda haftaning har bir kuni alohida yo‘nalish asosida tashkil etilmoqda: teatr tomoshalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik tadbirlari, vatanparvarlik uchrashuvlari, tarixiy maskanlarga ekskursiyalar hamda turli sport musobaqalari shular jumlasidandir.


Mazkur ishlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👎1👏1🤝1


TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI DIQQATIGA!

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti"ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida, Raqobat qo‘mitasi tomonidan Respublikaning barcha hududlari kesimida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

🏷Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida joriy yil 12-iyun kuni soat 11:00 da o‘tkaziladigan uchrashuvga viloyatdagi barcha tadbirkorlik subyektlarini ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Uchrashuvda asosiy e’tibor tabiiy monopoliya subyektlari ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati, reklama faoliyatidagi muammolar, birja savdolari hamda boshqa masalalar bilan bog‘liq muammolarni ko‘rib chiqishga qaratiladi.


📍Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, O‘rikzor ko‘chasi, 169-uy.

📞 Tel.: (998 71) 502-01-99.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Qobil Xamdamovning ilk rasmiy muloqoti yoshlar bilan bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Prezidentimiz har safar yoshlar bilan uchrashganida o‘zbek yigit-qizlari uchun ulkan imkoniyatlar, yangi qarorlar va imtiyozlarni taqdim etadi. Davlat rahbarining aynan yoshlar bilan muloqoti boshqa yig‘ilish formatlaridan tubdan farq qiladi. Bu uchrashuvlarda yoshlar o‘z fikr va tashabbuslarini erkin bildiradi. Buni Prezidentimizning o‘zbek yoshlariga bo‘lgan alohida e’tibori, mehri va g‘amxo‘rligining yorqin ifodasi, deyish mumkin. Mazkur ijobiy an’ana bugun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar faoliyatida ham o‘z aksini topib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilishning muhim mezoniga aylanib bormoqda.

Nurafshon shahar hokimi lavozimida faoliyatini boshlagan Qobil Xamdamov ham ilk rasmiy uchrashuvini aynan yoshlar bilan o‘tkazgani bejiz emas. Mazkur muloqotda shaharning faol yoshlari, mahalla yoshlar yetakchilari, mahalla raislari, yoshlar siyosatiga mas’ul tashkilotlar vakillari, shuningdek, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yo‘ldashev hamda shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i J. Sayfiyev ishtirok etdi.


Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Nurafshon shahrida 10 mingga yaqin yoshlar turli sohalarda samarali faoliyat yuritib, ta’lim olish, kasb egallash va kelajakdagi ulkan maqsadlari sari intilib kelmoqda. Shahar hokimi o‘z nutqida yoshlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy bunyodkorlari ekanini alohida qayd etib, ularning har tomonlama kamol topishi davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlar siyosati yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar, mutasaddi va yoshlar yetakchisi yoshlarning taqdiri, kelajagi va muvaffaqiyati uchun mas’ul ekanini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, startap loyihalari, innovatsion g‘oyalari va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalar asosida hududda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish, Prezidentimiz tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.


Muloqot yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Bu esa Nurafshon shahrida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3