Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram


Volontyor yoshlar tashabbuslari e’tibor markazida


Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba — “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Har haftada aniq reja asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev hamda shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i J. Sayfiyevlar ishtirokida volontyor yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Unda shahardagi faol volontyor yoshlar, yoshlar yetakchilari hamda tegishli soha mas’ullari qatnashdi.

Uchrashuv avvalida shahar hokimi bu rasmiy tadbir emas, balki yoshlarning fikr-mulohazalari, tashabbuslari va takliflarini tinglashga qaratilgan samimiy muloqot ekanini alohida ta’kidladi.

Muloqot davomida volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy loyihalarga keng jalb etish, volontyorlar tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.


Shuningdek, volontyor yoshlar tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surilib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
2026/2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 2️⃣ 0️⃣ iyundan boshlanadi.
 
🎓Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali talabasi bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!

🎓BAKALAVRIAT

➡️ Iqtisodiyot - Raqamli iqtisodiyotda xalqaro biznes
➡️ IT - Dasturlash va axborot texnologiyalari

📆Hujjatlar qabuli: 20-iyundan 10-iyulgacha

🔺 🔺 🔺 🔺 🔺 🔺 🔺 🔺 🔺 🔺

🎓MAGISTRATURA

➡️Yurisprudensiya - Xalqaro xususiy huquq
➡️ Iqtisodiyot - Raqamli iqtisodiyotda xalqaro tadbirkorlik
➡️ Sharqshunoslik - Zamonaviy Xitoy: iqtisodiyot, siyosat va jamiyat (Xitoy tilini o'rganish bilan)

📆Hujjatlar qabuli: 20-iyundan 23-iyulgacha

Magistraturaga kirish uchun til sertifikati talab etilmaydi, ammo mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha ball beriladi.

Bakalavr bosqichini qaysi yo‘nalishda tamomlaganingiz ahamiyatga ega emas, istalgan magistratura yo‘nalishiga hujjat topshirishingiz mumkin.

🕕 Magistratura dars mashg‘ulotlari kechki vaqtda — soat 18:00 dan keyin o‘tkaziladi, bu esa o‘qishni ish bilan birga olib borish imkonini beradi.

🔥Qabul kvotasining 30 foizigacha davlat granti asosida tahsil olib, stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🔥Bitiruvchilarga SPbDUning xalqaro namunadagi diplomi beriladi. Diplom nafaqat O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida, balki dunyoning 100 ga yaqin davlatlarida ham tan olinadi (nostrifikatsiya) talab etilmaydi.

📍Filial Toshkent shahrining markazi “Oybek” metro bekati yonida joylashgan.

📞 Aloqa uchun:
+998 99 846 57 89
+998 77 777 95 85
+998 93 632 90 01
+998 99 695 46 09

Telegram oraqali murojaat qilishingiz mumkin

😎 Instagram | 😎 Telegram |🌐 spbu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Fuqarolar murojaatlarini hal etish eng ustuvor vazifa


Bugun Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov boshchiligida shahar hokimligi hamda Nuroniylar maskanida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev hamda shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Muloqot davomida 25 ta fuqaro tomonidan ijtimoiy himoya, yer va kadastr masalalari, qurilish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmani rivojlantirishga oid murojaatlari bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Ko‘tarilgan masalalarning ayrimlari qabul jarayonining o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi uchun mas’ul tashkilotlarga biriktirildi.

❗️Fuqarolar bilan muntazam ravishda tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini topish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1🤝1