Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
#LIVE 🏆

⚽️ Tarixiy uchrashuv o‘yinlari yuqori kayfiyat va xavfsiz muhitda davom etmoqda

Nurafshon shahri markazidagi “Vatanparvarlar bog‘i”da tashkil etilgan Tarixiy uchrashuv o‘yinlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan futbol muxlislarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴🟦🟦

Futbol tomoshasidan hayajonli lahzalar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
Forwarded from Qobil Xamdamov


26-iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamovning shahar ahli va yoshlariga murojaati.


Assalomu alaykum, aziz nurafshonliklar, qadrli ota-onalar va yoshlar!
 
Bugun men Sizlarga shahar rahbari sifatida emas, balki Sizlarning yaqiningiz, bir ota, farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan inson sifatida murojaat qilyapman. Bugungi kunda butun insoniyat, jumladan, bizning jamiyatimiz ham juda katta va xavfli tahdid - giyohvandlik va zahri qotil balosi bilan yuzma-yuz turibdi. Bu asr vabosi nafaqat inson sog‘lig‘ini, balki uning oilasini, kelajagini va eng achinarlisi, beg‘ubor yoshligini kuydirib kul qilmoqda.

Zamon o‘zgardi, xavf esa kuchaydi. Ilgari giyohvandlik deganda ko‘z oldimizga muayyan o‘simliklar kelgan bo‘lsa, bugungi kunda vaziyat mutlaqo o‘zgardi. Hozirgi kunda kimyoviy yo‘l bilan tayyorlanayotgan sintetik giyohvandlik vositalari va psixoaktiv dorilar (el orasida “apteka narkomaniyasi”deb atalayotgan balo) yoshlarimizni o‘z domiga tortmoqda. Bu sintetik giyohvandlik vositalari va psixoaktiv dorilar inson ruhiyati va miyasini bir necha oy ichida butunlay vayron qiladi. Eng dahshatlisi, bu zaharli moddalar virtual olam - ijtimoiy tarmoqlar va yashirin “internet-do‘konlar” orqali yoshlarimizning telefonigacha kirib bormoqda.
 
Qadrli ota-onalar, mahalla faollari va ziyolilar!

Farzandimizning tarbiyasini, ularning kimlar bilan do‘stlashayotganini va telefonda nimalar bilan bandligini nazorat qilmasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin. “Mening bolam unday ish qilmaydi”, deb xotirjamlikka berilmaylik. Farzandlaringizning xulq-atvoridagi arzimagan o‘zgarishlarga ham e’tiborli bo‘ling.
 
Aziz Nurafshon istiqbollari boʻlgan yoshlar!

Sizlar - Nurafshonning ertangi kuni, ota-onangizning umidi va davlatimizning eng katta boyligisiz. Sizning kuch-g‘ayratingiz, ilmingiz va intilishlaringiz bizga kerak. Hech qachon qiziqish ustida bo‘lsa ham bu zaharni tatib ko‘rmang!

Sizga “zamon bilan hamnafaslik” yoki “muammolardan qochish” niqobi ostida taklif qilinayotgan har qanday shubhali modda — bu sizning kelajagingizga qo‘yilgan minadir. Bilib-bilmay bu ko‘chaga kirib qolgan do‘stlaringiz bo‘lsa, ularni qutqaring, sir tutmang, kattalarga va mutaxassislarga xabar bering. Haqiqiy kuch va zamonaviylik — giyohvandlikda emas, balki sportda, ilmda, kitobxonlikda va IT-texnologiyalarni egallashdadir!

 
Aziz nurafshonliklar!

Biz Nurafshon shahrini “Giyohvandlikdan holi hudud”ga aylantirishimiz shart. Buning uchun huquq-tartibot organlari, tibbiyot xodimlari, ta’lim maskanlari va keng jamoatchilik bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim. Shahrimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlar uchun sport majmualari va to‘garaklarni yanada ko‘paytirish uchun bor kuchimizni safarbar etamiz. Keling, barchamiz birlashaylik! Farzandlarimizning porloq kelajagi, oilalarimizning tinchligi va osoyishtaligi uchun bu asr vabosiga qarshi birgalikda kurashaylik!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining yangi ma’muriy binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4