Mustaqillik — buyuk ne’mat, shukronalik — ezgu tuyg‘u!
✅ Tadbirda Nurafshon shahar Nuroniy jamg'arma raisi, deputat J.Axmedqulov so'zga chiqib yurtimiz mustaqilligining bebaho qadri, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlar hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan mazmunli suhbatlar va chiqishlar bo‘lib o‘tdi.
❕Ishtirokchilar yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida fikr almashib, Mustaqillik ne’matini asrab-avaylash, unga shukronalik bilan yashash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini alohida ta’kidladilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bandlik sari muhim qadam: Nurafshonda bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi
Nurafshon shahrida aholini doimiy ish bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligini oshirish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
✅ Tadbir "Qumariq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilib, unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassislari faol ishtirok etdi.
✅ Yarmarka davomida shahar hududida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan turli yo‘nalishlardagi bo‘sh ish o‘rinlari fuqarolarga taqdim etildi. Jami 18 ta ish beruvchi korxonalar ishtirok etib, 578 ta vakant ish o‘rni bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbirda qatnashgan 45 nafar ishsiz fuqarolarga mavjud imkoniyatlar, mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblar hamda kasb-hunar o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Natijada 2 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, yana 4 nafar ishtirokchi kasb-hunar kurslariga yo‘naltirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1👏1🤝1