Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.61K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshon shahridagi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati o‘rganildi

Toshkent viloyati prokuraturasi Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i, adliya maslahatchisi D. Isroilov Nurafshon shahrida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida sog‘lomlashtirish maydonchalarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etilishi hamda xavfsizlik choralarining ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, D. Isroilov bolajonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning qiziqishlari, orzu-intilishlari va yozgi ta’tilni qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqdi. Suhbat davomida farzandlarning bilim olishga intilishi, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi va sport bilan muntazam shug‘ullanishining ahamiyati haqida fikr almashildi.

Maydonchalarda tashkil etilgan to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari bolalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ta’til davrini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida mas’ullarga sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalarning xavfsizligi va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


Nurafshon shahrida gaz ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda

“Nurafshonshahargaz” GTB xodimlari tomonidan Nurafshon shahri Ma’rifat MFY hududidagi Toshkent yo‘li ko‘chasida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida gaz quvurlarini ta’mirlash va ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz va xavfsiz ta’minlash, mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga qaratilgan.

Mutaxassislar tomonidan belgilangan reja asosida gaz quvurlari yangilanib, zarur hududlarda ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Barcha jarayonlar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida hududdagi gaz ta’minoti sifati va ishonchliligi yanada oshishi kutilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1


Nurafshonda navbatdagi ommaviy tibbiy ko‘rik


Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “To`ytepa” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun navbatdagi bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirda oilaviy shifokorlar, turli yo‘nalishdagi mutaxassislar hamda diagnostika xodimlari ishtirok etib, aholining salomatlik holatini kompleks baholash ishlari amalga oshirildi. Fuqarolar ultratovush tekshiruvi (UTT), elektrokardiografiya (EKG) va boshqa zarur tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklar va xavf omillari bo‘yicha fuqarolarga tegishli tavsiyalar berilib, zarur hollarda qo‘shimcha tekshiruv hamda davolanish uchun yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.


Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

🏷Aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan bunday tibbiy ko‘riklar Nurafshon shahridagi mahallalarda reja asosida davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21