"Qumariq" mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi
💉Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
❕Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga yurak xastaliklarini oldini olish, uning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr uzilishlari kamayadi: Nurafshonda energetika infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda
Nurafshon shahrida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda infratuzilmani yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-noyabrdagi “Toshkent viloyati Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-384-son qarori asosida Birlik MFY hududidagi 29-sonli transformator punktida modernizatsiya ishlari olib borildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar sezilarli darajada kamayib, aholi uchun yanada qulay va barqaror elektr ta’minoti yaratildi.
Mazkur loyihalar Nurafshon shahrining energetika infratuzilmasini yanada mustahkamlash, aholi turmush sifatini oshirish va hududlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👏1🤝1
Yangi qonun – giyohvandlikka qarshi kurashda muhim qadam
🟣 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Qahramon Mirsafaev , Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi Umid Xanaev , Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudi raisi G‘ofur Amonov hamda Nurafshon shahar sudi sudyasi Alisher Nurmatov ishtirok etib, yangi qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlar, ularning amaliy ahamiyati hamda jinoyatchilikning oldini olishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz qurilish materiallari sohasini quruvchining ishonchini qozonib, sifat, standart, assortiment va narx bo‘yicha kompleks yechim taklif qiladigan tarmoqqa aylantirish lozimligini ta’kidladi.
Bundan 10 yil oldin mahalliy qurilish materiallari deganda qum-shag‘al, g‘isht, sement, oyna va shifer tushunilar edi. Bu nari borsa qurilishda ishlatiladigan jami materiallarning 35-40 foizini tashkil qilgan.
So‘nggi o‘n yilda sohaga 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 4 mingdan ortiq yangi zamonaviy korxonalar ishga tushdi.
Sement, oyna, bazalt, keramik buyumlar, gazoblok, quruq qorishmalar kabi asosiy turdagi 20 dan ortiq mahsulotlarga bo‘lgan ichki talabni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi. Issiqlik saqlovchi, kompozit material, ekologik pardozlash materiallari va pol qoplamalari kabi yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi yo‘nalishlar jadal rivojlanmoqda.
Umuman, yangi uy-joylar va sanoat binolari qurishga kerak bo‘ladigan 98 foiz materiallarni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Buning hisobiga o‘tgan davrda sohada ishlab chiqarish hajmi 7 trilliondan 53 trillion so‘mga oshdi. Sohadagi eksport o‘tgan yili 1,2 milliard dollarni tashkil qildi.
Asosiysi, o‘tgan davrda mazkur tarmoq import o‘rnini qoplashning muhim bosqichidan o‘tdi.
Facebook|Instagram|X

Yil boshida aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha katta dastur qabul qilinib, 2040-yilga qadar quriladigan uy-joylar sonini 2 karra oshirib, yiliga 280 mingga yetkazish, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini 61 tadan 120 taga ko‘paytirish reja qilindi.
Yiliga 20-25 million kvadrat metrli tijorat binolari foydalanishga topshirilyapti. Muxtasar aytganda, uy-joy va tijorat binolarining o‘zigina yiliga kamida 10 milliard dollarlik qurilish materiallariga talab yaratadi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumida hamkorlarga yana 27 milliard dollarlik infratuzilma loyihalari taklif qilindi.
Masalan, Jizzaxda atom elektr stansiyasini, Toshkent viloyatida 4-misni boyitish fabrikasi, O‘rta Chirchiqda 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega Yangi Toshkent aeroporti, Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli futbol stadioni, 282 kilometrli Toshkent – Samarqand yo‘lini qurish kabi yirik loyihalarga ham birinchi navbatda qurilish materiallari zarur.
Umuman, yirik loyihalarda foydalaniladigan materiallarga standart, sifat, sertifikat bo‘yicha yuqori talablar qo‘yilishi tabiiy. Shu bois, yirik loyihalarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan bog‘laydigan yangi tizim yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

❤2