Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Kecha o‘tkazilgan yarmarkadan so‘ng bugun ham navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, ertaga ham ushbu amaliy tadbirni davom ettirish rejalashtirilgan.
✅ Bugungi mehnat yarmarkasi "To'ytepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 15 ta korxona va tashkilot tomonidan 382 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 31 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 3 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 2 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.
❕ Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshondagi katta shou-konsertga marhamat!
Qaynoq jarayonlar boshlanishiga atigi 1 kun qoldi! Bayramona kechamiz 26-iyun kuni soat 19:00da Nurafshon shahridagi arenada bo‘lib o‘tadi.
✅ Ulkan monitor, keng maydon hamda estradamizning eng mashhur san’atkorlari — Shohruhxon, Rayhon, Bojalar va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokidagi shou-konsert sizni kutmoqda.
Sho‘x kuy-qo‘shiqlar, salyut-shou va eng asosiysi — yoshlarbop super atmosfera aynan shu yerda bo‘ladi.
✅ Shuningdek, tadbir doirasida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus chiqishlar va targ‘ibot aksiyalari ham tashkil etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👏1
Aholi murojaatlari e’tiborda: muammolar yechimi bo‘yicha navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun Nurafshon shahrida aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligidagi tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy va qurilish, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, yer munosabatlari, infratuzilma hamda boshqa yo‘nalishlarga oid qator masalalar ko‘tarildi.
Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tartib-taomillarni talab qiladigan masalalar bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi hamda mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar yuklatildi. Murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olinishi ta’kidlandi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning muammolarini bevosita o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, ochiq muloqot va xalq bilan yaqindan ishlash orqali hududdagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM