Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.6K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta'minlash hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan yoshlar yetakchilari e'tirof etildi.

Tadbir davomida o'zining tashabbuskorligi, mas'uliyati va samarali faoliyati bilan ajralib turgan yoshlar yetakchilariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.


Bildirilgan e'tibor va e'tirof yoshlar yetakchilarini yanada faol ishlashga, mahallalarda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish yo'lidagi sa'y-harakatlarini davom ettirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏2


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 13 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahridagi investitsion korxonalar faoliyati hamda eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlar ko‘lami haqida "Nurafshon TV" telekanali lavhasi orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Prezident qarori ijrosi — Nurafshonda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi izchil yaxshilanmoqda

2025-yil 24-dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan Nurafshon shahrini kompleks rivojlantirishga qaratilgan tarixiy PQ-393-son qaror qabul qilindi. Mazkur qaror asosida shaharning muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Qarorda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlash ham ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilangan. Xususan, Nurafshon shahrining Evalik, Dehqonobod, Degantepa, Yuksalish, Taraqqiyot hamda Uchqun mahallalarida ichimlik suvi tarmoqlarini, oqova suv tarmoqlari va oqova nasos stansiyalarini qurish bo'yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Bugungi kunda mazkur qaror ijrosi doirasida ushbu mahallalarda keng ko'lamli qurilish va montaj ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.

Jumladan, Dehqonobod mahallasining Dehqonobod ko'chasida chuqurligi 1 metrdan 1,2 metrgacha bo'lgan 2,9 kilometr uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmog'i tortildi. Shuningdek, aholi xonadonlariga 100 dona zamonaviy suv hisoblagichi bepul o'rnatildi.

Shahar miqyosida esa bugungi kunga qadar 18 kilometr yangi ichimlik suvi tarmoqlari barpo etilib, 190 dona zamonaviy suv hisoblagichlari o'rnatildi. Natijada 8.5 ming aholi sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlanishi yaxshilanmoqda.


Prezident qarori asosida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar nafaqat mavjud muammolarni bartaraf etish, balki Nurafshon shahrining muhandislik infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholining turmush sifatini yanada oshirish hamda kelgusidagi barqaror taraqqiyot uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

❗️Nurafshon ShET ma’lum qiladiki, N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV F-R dan chiquvchi “To‘ytepa” XEL-6 kV 26-transformatorida mukammal taʼmirlash ishlarini olib borishi munosabati bilan 2-iyul kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

08:00 – 17:00 ("To‘ytepa" MFY ning Uchqun, Guzar, Proezd 1-2-3 hamda Toshkent yo‘li ko‘chalari.)


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Qumariq mahallasi ichki ko‘chalari asfaltlashtirilmoqda

Nurafshon shahrida Prezidentimizning hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlari hamda "Og‘ir" toifadagi mahallalarni obod etish dasturi doirasida infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, yo‘l-transport, ichimlik va oqova suv hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qumariq mahallasida ayni kunlarda umumiy uzunligi 2 kilometr bo‘lgan ichki ko‘chalarda asfalt qoplamasi yotqizish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Mazkur ishlar hudud aholisining kundalik qatnovi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.


Shuningdek, mahallaning kirish qismiga hudud nomi aks ettirilgan zamonaviy arka o‘rnatildi. Bu esa mahalla qiyofasini yanada obod va ko‘rkam ko‘rinishga keltirmoqda.

Bundan tashqari, hududda quyosh panellarini o‘rnatish, bolalar va yoshlar uchun zamonaviy workout maydonchalarini barpo etish hamda elektr tarmoqlarini yangilash ishlari ham rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Qumariq mahallasida olib borilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, hudud infratuzilmasini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish va mahalla obodligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41


Pensiya haqida o‘ylashga hali ertami?

Aslida munosib pensiyaga tayyorgarlik keksalikda emas, birinchi rasmiy ish kunidan boshlanadi.

🟣 Har bir rasmiy ishlangan oy, har bir mehnat yili va to‘g‘ri hisobga olingan staj kelajakdagi pensiya huquqlaringizni shakllantiradi.

Shu bois:
✔️mehnat faoliyatingizni rasmiy yuriting;
✔️mehnat stajingiz to‘g‘ri hisobga olinayotganini muntazam tekshirib boring;
✔️kelajakdagi moliyaviy xavfsizligingiz haqida bugundan o‘ylang.


❗️Pensiya — faqat keksalik davri emas. U mehnat faoliyatingiz davomida shakllanadigan muhim ijtimoiy kafolatdir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM