🥇 TANISHING: NURAFSHONNING OLTIN AVLODLARI
Jahon chempioni. Osiyo chempioni. Jahon kubogi g'olibi. Xalqaro maydonlarda O'zbekiston bayrog'ini yuksaklarga ko'tarayotgan Nurafshon farzandi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi – Artur Guliyev.
Artur Guliyev baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining yetakchi sportchilaridan biri sifatida ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Uning jahon va Osiyo chempionatlaridagi g'alabalari, Jahon kubogidagi muvaffaqiyatlari hamda xalqaro arenadagi yorqin natijalari yurtimiz sporti tarixida munosib o'rin egallagan.
✅ Bunday yuksak natijalar, avvalo, mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni jismonan va ma'nan barkamol etib voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasidir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash hamda ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bugun o'zining amaliy natijasini bermoqda.
Artur Guliyev ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalangan, tinimsiz mehnat, qat'iyat va fidoyilik orqali yuksak marralarni zabt etgan Nurafshonning oltin avlod vakillaridan biridir.
Aziz Nurafshon yoshlari! Har bir yirik g'alaba orqasida mehnat, intilish va o'z ustida ishlash yotadi. Siz uchun ham bugun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bilim oling, sport bilan shug'ullaning, iste'dodingizni rivojlantiring va oldingizga ulkan maqsadlar qo'ying. Ishonamizki, ertaga xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog'ini baland ko'taradigan navbatdagi chempion aynan siz bo'lasiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Aziz o‘g‘il-qizlarim!
Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman.
Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang!
Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor!
Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!”
– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida.
Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Facebook|Instagram|X
❤1
TANISHING! NURAFSHONNING OLTIN AVLODLARI
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor hamda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan nurafshonlik yigit-qizlar bugun ta'lim, ilm-fan, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarni qo'lga kiritib, yurtimiz sha'nini xalqaro maydonlarda munosib namoyon etmoqda.
✅ Jumladan, Nurafshon shahrining Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi, 48-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Serjanov Baxtjan Bekjan o'g'li xalqaro ta'lim yo'lida navbatdagi yuksak natijaga erishdi. U IELTS xalqaro imtihonidan 7.0 ball to'plab, SAT natijalari asosida AQSHning Merilend shtatidagi Notre Dame University of Maryland oliy ta'lim muassasasiga 100 foizlik grant asosida o'qishga qabul qilindi.
❕Aziz Nurafshon yoshlari! Bugun siz uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq. O'z ustingizda tinimsiz ishlang, bilim va salohiyatingizni muntazam oshirib boring. Ertangi yutuqlaringiz bugungi mehnat, izlanish va qat'iyat mahsulidir. Ishonamizki, Nurafshondan dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil oladigan, ilm-fan, sport va boshqa sohalarda Vatanimiz dovrug'ini yanada yuksaltiradigan yoshlar safi tobora kengayib boradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤1👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤1
Uchrashuvda raqamli boshqaruv tizimlari, sanoatni avtomatlashtirish, tibbiyot, qurilish, avtomobil sanoati, oziq-ovqat, to‘qimachilik, qurilish materiallari, aktivlarni boshqarish, media, axborot texnologiyalari hamda xalqaro biznes konsalting kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan 13 ta yirik Xitoy kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✅ Unda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Mamajonov hamda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Rustam Xaydarov tomonidan viloyatimizdagi har bir hudud, xususan, Nurafshon shahrining investitsiyaviy salohiyati, qulay geografik joylashuvi, zamonaviy infratuzilmasi, shuningdek, mamlakatimizdagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil tushuntirildi.
Xitoylik investorlar taqdim etilgan imkoniyatlarni yuqori baholab, Nurafshon shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BATAFSIL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👏1