Pensiya haqida o‘ylashga hali ertami?
Shu bois:✔️ mehnat faoliyatingizni rasmiy yuriting;✔️ mehnat stajingiz to‘g‘ri hisobga olinayotganini muntazam tekshirib boring;✔️ kelajakdagi moliyaviy xavfsizligingiz haqida bugundan o‘ylang.
❗️Pensiya — faqat keksalik davri emas. U mehnat faoliyatingiz davomida shakllanadigan muhim ijtimoiy kafolatdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taraqqiyot mahallasi taraqqiy etmoqda
Nurafshon shahrini zamonaviy infratuzilmaga ega hududga aylantirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasida hududda izchil ishlar olib borilmoqda. Bu boradagi muhim qadam 2025-yil 24-dekabr kuni qabul qilingan Prezidentimizning PQ-393-son qarori bo‘lib, mazkur hujjat shaharni kompleks rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Qarorga muvofiq, Nurafshon shahrining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish, ichki infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu asosda Evalik, Dehqonobod, Degantepa, Yuksalish, Taraqqiyot va Uchqun mahallalarida yangi oqova suv tarmoqlari hamda oqova nasos stansiyalarini barpo etish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
✔️ Bugungi kunda Taraqqiyot mahallasi Toshkent yo‘li ko‘chasida 8,4 kilometr uzunlikdagi yangi oqova suv tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar uning 300 metr qismi tortildi.✔️ Shuningdek, loyiha doirasida shahar bo‘yicha jami 24,4 kilometr oqova suv tarmoqlarini qurish belgilangan. Ayni paytda buning 6,3 kilometri qurib bitkazildi va ishlar belgilangan jadval asosida davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1👏1👌1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar xonadonlarida profilaktik o‘rganishlar olib borildi
🏷 Jumladan, Nurafshon shahar IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, profilaktika inspektorlari, VEMB katta inspektor-psixologi, mahalla va xotin-qizlar faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida fuqarolar xonadonlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida nizoli oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda tazyiq va zo‘ravonlik xavfi mavjud bo‘lgan holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha manzilli amaliy choralar ko‘rildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Tadbirda Nurafshon shahar Ma’naviyat bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh. Erkinova hamda Ma’rifat targ‘ibot guruhi a’zosi D. Nurullayeva so‘zga chiqib, yurtimiz mustaqilligining bebaho qadri, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2