Uchrashuvda raqamli boshqaruv tizimlari, sanoatni avtomatlashtirish, tibbiyot, qurilish, avtomobil sanoati, oziq-ovqat, to‘qimachilik, qurilish materiallari, aktivlarni boshqarish, media, axborot texnologiyalari hamda xalqaro biznes konsalting kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan 13 ta yirik Xitoy kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✅ Unda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Mamajonov hamda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Rustam Xaydarov tomonidan viloyatimizdagi har bir hudud, xususan, Nurafshon shahrining investitsiyaviy salohiyati, qulay geografik joylashuvi, zamonaviy infratuzilmasi, shuningdek, mamlakatimizdagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil tushuntirildi.
Xitoylik investorlar taqdim etilgan imkoniyatlarni yuqori baholab, Nurafshon shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BATAFSIL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👏1
✅ Tadbir davomida o'zining tashabbuskorligi, mas'uliyati va samarali faoliyati bilan ajralib turgan yoshlar yetakchilariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident qarori ijrosi — Nurafshonda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi izchil yaxshilanmoqda
2025-yil 24-dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan Nurafshon shahrini kompleks rivojlantirishga qaratilgan tarixiy PQ-393-son qaror qabul qilindi. Mazkur qaror asosida shaharning muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Qarorda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlash ham ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilangan. Xususan, Nurafshon shahrining Evalik, Dehqonobod, Degantepa, Yuksalish, Taraqqiyot hamda Uchqun mahallalarida ichimlik suvi tarmoqlarini, oqova suv tarmoqlari va oqova nasos stansiyalarini qurish bo'yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Bugungi kunda mazkur qaror ijrosi doirasida ushbu mahallalarda keng ko'lamli qurilish va montaj ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.
✅ Jumladan, Dehqonobod mahallasining Dehqonobod ko'chasida chuqurligi 1 metrdan 1,2 metrgacha bo'lgan 2,9 kilometr uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmog'i tortildi. Shuningdek, aholi xonadonlariga 100 dona zamonaviy suv hisoblagichi bepul o'rnatildi.✅ Shahar miqyosida esa bugungi kunga qadar 18 kilometr yangi ichimlik suvi tarmoqlari barpo etilib, 190 dona zamonaviy suv hisoblagichlari o'rnatildi. Natijada 8.5 ming aholi sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlanishi yaxshilanmoqda.
Prezident qarori asosida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar nafaqat mavjud muammolarni bartaraf etish, balki Nurafshon shahrining muhandislik infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholining turmush sifatini yanada oshirish hamda kelgusidagi barqaror taraqqiyot uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1👏1
Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi
❗️Nurafshon ShET ma’lum qiladiki, N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV F-R dan chiquvchi “To‘ytepa” XEL-6 kV 26-transformatorida mukammal taʼmirlash ishlarini olib borishi munosabati bilan 2-iyul kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
⏰ 08:00 – 17:00 ("To‘ytepa" MFY ning Uchqun, Guzar, Proezd 1-2-3 hamda Toshkent yo‘li ko‘chalari.)
Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qumariq mahallasi ichki ko‘chalari asfaltlashtirilmoqda
Nurafshon shahrida Prezidentimizning hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlari hamda "Og‘ir" toifadagi mahallalarni obod etish dasturi doirasida infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, yo‘l-transport, ichimlik va oqova suv hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Jumladan, Qumariq mahallasida ayni kunlarda umumiy uzunligi 2 kilometr bo‘lgan ichki ko‘chalarda asfalt qoplamasi yotqizish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Mazkur ishlar hudud aholisining kundalik qatnovi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mahallaning kirish qismiga hudud nomi aks ettirilgan zamonaviy arka o‘rnatildi. Bu esa mahalla qiyofasini yanada obod va ko‘rkam ko‘rinishga keltirmoqda.
Bundan tashqari, hududda quyosh panellarini o‘rnatish, bolalar va yoshlar uchun zamonaviy workout maydonchalarini barpo etish hamda elektr tarmoqlarini yangilash ishlari ham rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1