Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.6K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan "Shukronalik" loyihasi doirasida joriy yilning 2-iyul kuni Degantepa MFY hududida joylashgan 72-son umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar Ma’naviyat bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh. Erkinova hamda Ma’rifat targ‘ibot guruhi a’zosi D. Nurullayeva so‘zga chiqib, yurtimiz mustaqilligining bebaho qadri, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.

Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziya poytaxti Tbilisiga keldi.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл с государственным визитом в столицу Грузии Тбилиси.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2
#Murojaat

NURAFSHON SHAHAR PROKURORINING SHAHAR AHOLISIGA MUROJAATI

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!
Bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda har bir fuqaroning huquqiy ongi, fuqarolik mas’uliyati va qonunga hurmati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, yoshlarimizni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi kabi og‘ir illatlar ta’siridan asrash dolzarb vazifadir. O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1151-sonli Qonuni mazkur yo‘nalishdagi huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirib, bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Giyohvandlik nafaqat inson salomatligiga, balki oila tinchligiga, jamiyat barqarorligiga va kelajak avlod taqdiriga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois har bir ota-ona, ta’lim muassasasi, mahalla va keng jamoatchilik bu illatning oldini olishda birdek mas’uldir.

Shu bilan birga, huquqbuzarliklarning oldini olishda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. Korrupsiya qonun ustuvorligiga putur yetkazadi, adolat tamoyillarini izdan chiqaradi va jamiyatning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi. Shuning uchun korrupsiyaga sharoit yaratuvchi har qanday omillarga barham berish, davlat xizmatchilari va fuqarolar tomonidan qonun talablariga so‘zsiz rioya etilishi, eng muhimi, qonun oldida barcha teng va har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik muqarrar ekanini anglash bugungi kunning muhim talabidir.

Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda jinoyatchilikning yangi ko‘rinishi — kiberjinoyatlar ham tobora ko‘paymoqda. Internet tarmog‘i orqali giyohvandlik vositalarining tarqatilishi, noqonuniy moliyaviy operatsiyalar, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni talon-toroj qilish kabi holatlar fuqarolardan yanada yuqori darajadagi hushyorlikni talab etmoqda. Kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, shaxsiy ma’lumotlar va bank kartalariga oid maxfiy ma’lumotlarni hech kimga bermaslik, shubhali havolalar va internet manbalariga ishonmaslik har birimizning xavfsizligimiz uchun muhim ahamiyatga ega.


Aziz yurtdoshlar!
Giyohvandlikka qarshi kurashish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish va kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish — bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, jamiyatimiz xavfsizligi va kelajagini ta’minlovchi muhim omillardir. Bu borada davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, mahalla institutlari va keng jamoatchilikning hamjihatligi eng katta kuchdir.

Nurafshon shahar prokuraturasi qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida o‘z xizmat vazifalarini qat’iyat va mas’uliyat bilan bajarishda davom etadi.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va farzandlarimiz kelajagi uchun qonunga hurmat bilan yashaylik, huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz bo‘laylik va jamiyat xavfsizligini ta’minlashga birgalikda hissa qo‘shaylik.

Nurafshon shahar prokurori
T. Karimov


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, mahalla faollari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida 20 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmuni chuqur tahlil qilindi hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.


Qabulda ko‘tarilgan masalalarning asosiy qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yer va kadastr, qurilish, kommunal hamda yo‘l infratuzilmasi, bandlik va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlariga oid murojaatlar tashkil etdi.

Yakunda mas’ul tashkilotlar rahbarlariga har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar haqida murojaatchilarga belgilangan tartibda ma’lumot berish topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM