Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.8K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Murojaat
#xalqqa_murojaat
#sessiya_21
Nurafshon shahar hokimining shaharni 2020 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalarga bag'ishalangan Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasida Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimi Qahramon Xakimov Qodirovich xalqqa murojaat yo'llamoqda.

Kanalga ulanish:👉@Nurafshonpressa
#Murojaat

Bugungi muhokama davomida sessiya ishini mazmunli o‘tkazish maqsadida, deputatlar orasidan hay’at tarkibini saylab olish taklifi kiritilib, hay’at tarkibi tasdiqlanib sessiya o'z ishini boshladi!

Ayni paytda Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimi Qahramon Xakimov Qodirovichning xalqqa murojaati tinglanmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:👉@Nurafshonpressa
#Live

#Murojaat

#xalqqa_murojaat

#sessiya_21

Nurafshon shahar hokimining shaharni 2020 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlangan Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasida Nurafshon shahar tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:👉@Nurafshonpressa
#Live

#Murojaat

#xalqqa_murojaat

#sessiya_21

#Murojaatnomadan

Xalqning roziligi va turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan choralarni ko‘rish, pirovard maqsad esa doimiy ish o‘rinlarini yartishga qaratilgan sa’i-harakatlar deb hisoblaymiz.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Xalqning-rozilig-12-14


Bizni kuzatishda davom eting:👉@Nurafshonpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

#Murojaat
#xalqqa_murojaat
#sessiya_21
#Murojaatnomadan
#Brifing
#Munozara
#2020_2021

Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimi Qahramon Xakimov Qodirovich

Bizni kuzatishda davom eting:👉@Nurafshonpressa
#murojaat_va_yechim

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llangan
murojaat natijasi

Nurafshon shahar hokimiga "Muqumiy" MFY "Bahor" ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqarodan xonadoniga ko'mir so'rab murojaat yo'llangan edi.

MYF raisi ushbu xonadonda bo'ldi va murojaatchi bilan suhbatda bo'ldi.

Fuqaroning murojaatiga binoan unga ko'mir yetkazib berildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#murojaat_va_yechim

2-sektor ishchi guruhi a’zolari tomonidan 2023-yil 14-mart kuni Nurafshon shahar Qumariq mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda aholi tomonidan kelib tushgan murojaatning yechimi bir kunda ichida ijrosi ta’minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#murojaat_va_yechim

2-sektor rahbari tashabbusi bilan Nurafshon shahar Muqimiy va Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan sayyor qabulda kelib tushgan fuqarolarning murojaatlari o‘z yechimini topdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#murojaat_va_yechim

Aholining muammolaridan kelib chiqib yo'l tamirlash ishlariga muhtoj bo'lgan "Yoshlik" MFY da joylashgan Shevchenko ko'chasida PQ-408 sonli qaror ijrosi bo'yicha 268 metr asfalt yotqizildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat

Nurafshon shahar yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i Iroda Xolboyeva Yoshlarga oid davlat siyosati borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilgi rejalari yuzasidan shahar yoshlariga murojaat yo'lladi .

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Toza ichimlik suvidan qarzdorligi bor xonadonlar suv taʼminotidan uzilishi mumkin.

📹Batafsil videolavhada.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#MUROJAAT

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanovning hokimlik jamoasiga MUROJAATI


Korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga murosasiz bo'laylik!

“Korrupsiya oʻta ogʻir jinoyat ekani va unga nisbatan murosasiz boʻlish gʻoyasini farzandlarimizga yoshlik davridan boshlab singdirishimiz, ularga faqat halol mehnat va tadbirkorlik orqali daromad topishni oʻrgatishimiz lozim”. Shavkat Mirziyoyev


👉Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#murojaat_natija
#no_comment

LIVE-ONLAYN

"Nurafshon shahar suv taʼminoti" filiali ishchi-xodimlari tomonidan Toshkent-Bekobod magistral kanalizatsiya tarmoqlarining quduq(kolodes)lari tegishli tartibda tozalanmoqda.

"Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ matbuot xizmati

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
#DIQQAT
#MUROJAAT

Nurafshon shahri prokurori To‘lqin Karimovning huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida ota-onalarga yo‘llagan MUROJAATI!


Aziz hamshaharlar, qadrli ota-onalar!

Shahrimizda xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarlik va jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish borasida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Lekin, hamkorlikda jamoatchilik bilan ayrim ishlarni amalga oshirish uchun Siz aziz ota-onalarga murojaat yo‘llayapman.

Hurmatli ota-onalar!

O‘smir yoshiga yetgan farzandlaringiz bilan har kuni suhbat quring. Ulardan kundalik o‘qishlari, ishlari haqida har kuni so‘rab turing.

Qo‘l telefonidagi shaxsiy yozishmalari, masalan, kimlarga nima yuborayotgani, kimlar bilan qaysi mavzularda suhbatlashganini erinmasdan tekshiring!

👉Murojaatni batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
#gaz
#murojaat_yechim

📍 Nurafshon shahri


"HududgazToshkent" GTF: isteʼmolchi va soha mutaxassisi birgalikda murojaatga yechim topilmoqda

"HududgazToshkent" GTF "Nazorat va murojaatlar bilan ishlash" hamda "Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash" boʻlimlari tomonidan Nurafshon shahri "Qumariq" MFY isteʼmolchilarining tegishli tartibda kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida ijobiy hal qilinmoqda.

“Hududgaz Toshkent” GTF

Kanalga ulanish:👉  |telegram|
🤝1
#murojaat

Nurafshon shahar aholisiga IIB boshlig‘i A.Yuldashevning MUROJAATI

Aholining tinchligi va xavfsizligi – bu bizning eng ustuvor vazifamiz. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida har biringizning faol ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashingiz katta ahamiyatga ega.


👉 Batafsil...

https://t.me/Nurafshonpressa
👍51🔥1
#Murojaat

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashevning kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish yuzasidan shahar aholisiga MUROJAATI

Nurafshon shahar Ichki ishlar bo'limi tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish va aholining ogohligini oshirish bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning hushyorligi, ongli yondashuvi va hamkorligi eng muhim omil hisoblanadi.

Hurmatli fuqarolar!

Ogoh bo‘ling, axborot madaniyatingizni oshiring, o‘zingizni va yaqinlaringizni kiberfiribgarlardan asrang!

➡️ BATAFSIL..

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍1
#Murojaat

Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimovning shahar aholisiga murojaati

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda eng samarali vosita — bu fuqarolarning huquqiy ongi va hushyorligidir.


Har birimiz o‘zimiz va yaqinlarimizni himoya qilish uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim. Shubhali holatlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish orqali jamiyat xavfsizligiga hissa qo‘shishimiz mumkin.

➡️ BATAFSIL

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Bugun hurmatli Prezidentimiz — Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan shahrimizdagi barcha bo‘g‘in rahbarlari yoshlar bilan muloqot qildik, fikr almashdik.

Ularning g‘oya va tashabbuslari, startap va takliflari, shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklarini o‘rgandik. E’tiborlisi, tadbirkorlik qilish va rivojlanish istagidagi faol yoshlarning bu intilishlari, tashabbus va g‘oyalari ular bilan bir davrada o‘tirgan uyushmagan, og‘ir toifadagi yoshlar qatlamini ham uyg‘otib, kelajakka aniq maqsad qo‘yishga undayotganini sezdim.

Shahrimiz yoshlari bilan har hafta o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida ko‘plab rejalar va kreativ g‘oyalarni amalga oshirishga kelishib oldik.

Hurmatli yurtboshimizning mazkur tashabbuslaridan ko‘zlangan maqsad ham aynan yoshlarimizga yanada yaqin bo'lish — ertamiz egalariga e’tibor, e’tibor va yana bir karra e’tibor qaratishdir.

Men ushbu tashabbusni amalga oshirishda shahrimiz yoshlaridan yanada faolroq bo‘lishlarini hamda yangi g'oyalar va takliflar bilan chiqishlarini kutib qolaman.

Ilxom Klichxanov — Nurafshon shahar hokimi

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21🤝1
#Murojaat

OILALAR FAROVONLIGI VA YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO‘SHAYLIK


2026-yilda Nurafshon shahrining 16 ta mahallasida jami 7 311 aholi xonadonida 44 gektar tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda 110 ta xonadonda zamonaviy issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus orqali yer maydonlaridan unumli foydalanish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va yuqori hosildorlikka erishish maqsad qilingan.

Rejaga muvofiq, yuqori daromadli, eksportbop va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan sabzavot, poliz, dukkakli hamda bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish ko‘zda tutilmoqda. Zamonaviy issiqxonalar tashkil etilishi mavsumdan qat’i nazar uzluksiz mahsulot yetishtirish imkonini beradi. Bu esa nafaqat ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, balki eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Mazkur loyihalar minglab oilalarning daromadini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi. Ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar uchun tomorqachilik hamda issiqxona xo‘jaligi orqali barqaror daromad manbai yaratiladi.

Har bir fuqaro o‘ziga biriktirilgan yer maydonidan oqilona foydalanib, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo‘llashi, suv va resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishi lozim. Tajriba almashish, mutaxassislar tavsiyalariga amal qilish va yangi usullarni o‘zlashtirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin.

Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, oilalarimiz farovonligini mustahkamlash, mahallalarimiz obodligini oshirish va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish barchamizning sharafli vazifamizdir.

Mansur Xudaykulov,
Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va
bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2