Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
✅ Tadbirda Nurafshon shahar Ma’naviyat bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh. Erkinova hamda Nurafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi, Ma’rifat targ‘ibotchilar guruhi a’zosi D. Nurullayeva ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos qadri, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etilidi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda zamonaviy "aqlli chorraha" tizimlari joriy etilmoqda
Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda transport oqimini samarali boshqarish maqsadida Nurafshon shahrida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Xususan, shahar hududidagi 8 ta chorraha hamda 4 ta tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyi, jami 12 ta nuqta bosqichma-bosqich zamonaviy "aqlli chorraha" tizimlari bilan jihozlanmoqda. Mazkur tizimlar transport oqimini real vaqt rejimida tahlil qilib, qaysi yo‘nalishda transport vositalari ko‘proq to‘plangan bo‘lsa, svetoforning yashil chirog‘i davomiyligini avtomatik ravishda moslashtiradi. Natijada tirbandliklar kamayadi, transport harakati uzluksizligi ta'minlanadi hamda haydovchilar va piyodalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi.
Shuningdek, chorrahalarga o‘rnatilayotgan zamonaviy videokuzatuv kameralari orqali yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari avtomatik tarzda aniqlanadi. Ushbu tizimlar svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish, belgilangan tezlikni oshirish va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etib, yo‘l harakati intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi.
"Aqlli chorraha" texnologiyalarining joriy etilishi yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish, harakat xavfsizligini oshirish, transport oqimini samarali boshqarish hamda zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlarini keng tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
❗️ Svetaforlar to‘liq ishga tushgunga qadar YPX xodimlari qurilish ishlari olib borilayotgan hududlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida har qanday ob-havo sharoitida yo‘l harakatini tartibga solmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
Nurafshon shahrining barcha mahallalarida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda atrof-muhitni yanada ozoda saqlashga qaratilgan hashar va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Mazkur tashabbusga Nurafshon shahar sport maktabi jamoasi ham faol hissa qo‘shmoqda. Jamoa a’zolari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda hashar tashkil etib, gulzor va gulxonalarni begona o‘tlar hamda turli chiqindilardan tozalash, hudud qiyofasini yanada yaxshilash borasida samarali mehnat qilmoqda.
Bunday amaliy ishlar shahrimizning yanada obod, fayzli va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1👏1👌1
"Mahalla bog‘i" da obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Hashar davomida bog‘dagi daraxtlarning tag qismi yumshatilib, hudud begona o‘tlar va turli chiqindilardan tozalanmoqda. Shuningdek, bog‘ning ekologik va estetik qiyofasini yanada yaxshilash maqsadida manzarali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur obodonlashtirish tadbirlari shahrimizning yanada fayzli, ko‘rkam va ekologik jihatdan musaffo bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM