Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.58K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, mahalla faollari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida 20 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmuni chuqur tahlil qilindi hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.


Qabulda ko‘tarilgan masalalarning asosiy qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yer va kadastr, qurilish, kommunal hamda yo‘l infratuzilmasi, bandlik va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlariga oid murojaatlar tashkil etdi.

Yakunda mas’ul tashkilotlar rahbarlariga har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar haqida murojaatchilarga belgilangan tartibda ma’lumot berish topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Aziz Nurafshon aholisi!


Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida tashkil etilayotgan bayram tadbiri va konsert dasturiga taklif etamiz.

📆Sana: 2026-yil 3-iyul
⏱️Vaqt: 10:00
📌 Manzil: Nurafshon shahri, Dehqonobod MFY, 13-maktab hududi.


🟣Bayram dasturida dilbar kuy-qo‘shiqlar, madaniy chiqishlar va ko‘tarinki kayfiyat sizni kutmoqda.

🟣Barcha mahalla ahlini ushbu tantanali tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Byudjet tushumlari va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida mahalliy byudjet tushumlari ijrosi, soliq intizomini mustahkamlash hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar prokurori T. Karimov, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i J. Sayfiyev, shahar hokimining o‘rinbosarlari, moliya, kadastr, elektr, gaz, suv ta’minoti, bandlik tizimi rahbarlari, tijorat banklari hamda boshqa tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, soliq tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash, soliq intizomini mustahkamlash, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlarning bu boradagi vazifalari atroflicha muhokama qilindi.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–364-son qarori talablari ijrosini ta’minlash, "E-auksion" va "K-savdo" elektron platformalari orqali amalga oshirilayotgan savdolar holati, hududdagi sanoat zonalari va yirik korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

🟢Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish, byudjet tushumlari prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha natijadorlikni oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirlandi.

Президент Шавкат Мирзиёев награжден одной из высших государственных наград Грузии.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Biznesingiz uchun qulay va gavjum hududdan joy izlayapsizmi?


Nurafshon shahar hokimligi yirik brend vakillari, tadbirkorlar hamda o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish istagidagi yurtdoshlarimizni hamkorlikka chorlaydi.

Nurafshon shahrining markaziy ko‘chasi bo‘ylab barpo etilgan zamonaviy savdo nuqtalarida o‘z faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying va biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing. Siz uchun qulay shartlar va maqbul narxlardagi eng istiqbolli joylar taklif etiladi.


Siz ham biznesingizni Nurafshonda rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling va o‘zingizga mos savdo shoxobchasini xarid qiling.
☎️ +99899 370 66 08

Biznesingizni Toshkent viloyatining ma’muriy markazi — Nurafshon shahrida rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


Nurafshon shahri "To‘ytepa" MFY hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 26-sonli transformator punktida rejaviy mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

Mazkur ishlar elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, shuningdek, aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.


Ta’mirlash ishlari barcha mahallarda belgilangan reja asosida mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.



Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Tbilisidagi Qahramonlar maydoniga tashrif buyurdi.

Президент нашей страны посетил Площадь героев в Тбилиси.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1🔥1