Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


O‘quvchilar uchun mazmunli va vatanparvarlik ruhidagi sayohat

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Nurafshon shahridagi 13-, 19-, 25- va 26-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 250 nafar o‘quvchisi uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Nurafshon shahar IIB xodimlari kuzatuvi ostida o‘tgan mazkur sayohat davomida o‘quvchilar Amir Temur muzeyi, G‘alaba bog‘i, Shahidlar xotirasi muzeyi hamda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, yurtimiz tarixi, milliy merosi va qahramonlari hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixiy xotiraga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


Ko‘p qavatli uylar atrofi tartibga keltirilmoqda


Nurafshon shahrining "Yangiobod" MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasidagi 1-, 2-, 3- va 4-ko‘p qavatli uylar hududida shahar Qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi hamda Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

🟣Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlar begona o‘tlardan tozalanib, daraxtlar oqlanmoqda, yashil hududlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, yomg‘ir suvlari oqova tarmoqlari va lotoklar tozalanib, piyodalar yo‘laklari hamda uylar tashqi qismi ta'mirlanmoqda.


🏷Bundan tashqari, aholining qulay dam olishi uchun ayvon (soya-supalar) metall konstruksiyalari ta'mirlanib, bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda. Hududning sanitariya holatini yaxshilash va estetik ko‘rinishini ta'minlash maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur ishlar ko‘p qavatli uylar hududini yanada shinam, ozoda va aholi uchun qulay maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21


👍👍👍 Ayni vaqtda "O‘zbekiston 24" hamda "Nurafshon TV" telekanallari ijodkorlari bilan hamkorlikda Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, aholini kambag‘allikdan chiqarish, hududni kompleks rivojlantirish hamda fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy islohotlarni yorituvchi maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Нурафшон шаҳрида кураш бўйича “Прокурор кубоги” мусобақаси ўтказилди.

Нурафшон шаҳри ёшлари ўртасида миллий кураш спорт тури бўйича “Прокурор кубоги” мусобақаси юқори савияда ташкил этилди.
Мусобақа якунида ғолиб ва совриндорлар тақдирланиб, уларга Нурафшон шаҳар прокурори Т.Каримов томонидан ташаккурномалар ҳамда эсталик совғалари топширилди.
Шунингдек, мутлақ ғолибликни қўлга киритган ёш спортчиларга мусобақанинг бош соврини — “Прокурор кубоги” тантанали равишда топширилди.

Мазкур мусобақа ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, миллий спорт турларини оммалаштириш ва уларнинг спортга бўлган қизиқишини янада оширишга хизмат қилди.

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
🔥21👍1