Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.5K photos
4.75K videos
64 files
14K links
Download Telegram


Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishining 60 foizdan ortig‘i bajarildi

Avval xabar berilganidek, Nurafshon shahri markazida piyodalar xavfsizligini ta’minlash va transport harakatini yanada tartibga solish maqsadida zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi barpo etilmoqda.

Mazkur inshootning uzunligi 44 metr, kengligi 4,5 metr, balandligi esa 2,5 metrni tashkil etadi. Hozirda markaziy yo‘lning har ikki tomonida qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.


Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bugungi kunga kelib qurilish ishlarining 60 foizdan ortig‘i bajarilgan. Barcha jarayonlar belgilangan loyiha talablari asosida, sifat va xavfsizlik me’yorlariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.

E’tiborlisi, qurilish ishlari davom etayotganiga qaramay, markaziy ko‘chadagi transport harakati to‘xtatilmaydi. Bu esa haydovchilar va piyodalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.

Loyiha to‘liq foydalanishga topshirilgach, piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi ta’minlanadi, transport oqimi yanada tartibga solinadi hamda shahar markazidagi harakat xavfsizligi sezilarli darajada oshadi.

Ma’lumot o‘rnida, yaqin kunlarda shaharning boshqa hududlarida ham yana ikkita zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan. Bu loyihalar Nurafshon shahrining zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👎2👏1🤝1


Ayni vaqtda Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati hamda Oʻzbekiston 24 telekanali ijodkorlari hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Shukronalik hisi” nomli maxsus koʻrsatuv suratga olinmoqda.

Mazkur loyiha istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda tinch va farovon hayotimizning qadr-qimmatini yoritishga xizmat qiladi. Koʻrsatuv orqali yurtdoshlarimizning Vatanga muhabbati, shukronalik tuygʻusi va mustaqillik neʼmatiga boʻlgan yuksak ehtiromi keng yoritilishi koʻzda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1🔥1


Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshonda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda


Yangi O‘zbekiston bunyodkorlik tamoyillari asosida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari doirasida belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida hamda sifatli yakunlash maqsadida qurilish maydonlarida mehnat jarayonlari uch "smena" da, ya’ni tun-u kun uzluksiz (24/7) yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tizim bunyodkorlik ishlarining sur’atini yanada oshirish, obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish hamda shahar infratuzilmasini izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


Shahar hududida yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, jamoat maskanlari hamda yashil hududlarni barpo etish va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Mazkur bunyodkorlik ishlari Nurafshonning zamonaviy qiyofasini yanada yuksaltirish, aholiga qulay va farovon turmush sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1🔥1