Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


🎥 Nurafshondagi yirik investitsion loyiha faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda

Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 hamda Nurafshon TV telekanallari ijodkorlari hamkorligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalardan biri — “DA SHUN GROUP” Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi qurilish texnoparki faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Tasvirga olish jarayonida texnoparkning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihaning shahar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng yoritilmoqda.


Maxsus ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarga Nurafshon shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon o‘zgaryapti. Biz-chi?

Bugun Nurafshon zamonaviy smart megapolisga aylanmoqda. 10 yil avvalgi To‘ytepaga kelgan inson bugungi Nurafshonni ko‘rsa, tanimasligi aniq.

Shahrimizda infratuzilma yuksalmoqda, davlat xizmatlari takomillashmoqda. Ammo odamlarimizning madaniyati va dunyoqarashi ham shunga mos ravishda yuksalyaptimi?

❗️Afsuski, barchada ham emas.

Nega deysizmi? Unda videoni ko‘ring. Savolga javobni shu yerdan topasiz.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O‘z_o‘zini_tanqid

Obodlik — har birimizning mas’uliyatimizdir !

Nurafshon shahri jadal rivojlanib, hudud infratuzilmasi takomillashayotgan bir paytda, obodlik va tozalikni faqat tegishli tashkilotlar zimmasiga yuklab qo'yib, tomoshabin bo'lib o'tirish to‘g‘ri emas.

Quyidagi tasvirlarda aks etgan “Nurafshon” mahallasidagi holatlar esa har bir fuqaro o‘z hovlisi, ko‘chasi va mahallasi obodligiga befarq bo‘lmasligi, “kimdir kelib qilib beradi” degan qarashdan voz kechishi zarurligini ko‘rsatmoqda.


Shunday ekan, “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi”da faol ishtirok eting! Buning uchun sizdan ko‘p narsa talab etilmaydi — avvalo, o‘z uyingiz va hovlingizni obod qiling.

Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil...
✍️Alisher Navoiy

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Byudjet tushumlari va soliq intizomi bo‘yicha topshiriqlar ijrosi tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov hamda shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i J. Sayfiyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, belgilangan vazifalarning bajarilish holatiga qat’iy baho berildi. Topshiriqlar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, soliq tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar natijadorligi qat’iy baholandi.

Shuningdek, avvalgi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi, “E-auksion” va “K-savdo” elektron platformalari orqali amalga oshirilayotgan savdolar, hududdagi sanoat zonalari va yirik korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitildi.


Yig‘ilish yakunida topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga qat’iy ogohlantirishlar berilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, byudjet tushumlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ullarning shaxsiy javobgarligi kuchaytirilib, natijadorlikni ta’minlash hamda vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi qat’iy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


TANQIDDAN SO'NG: Nurafshon shahar "Oybek" mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada boshlangan “Kelajak o‘yinlari” ochilish marosimining faxriy mehmoni bo‘ldi.

Президент Шавкат Мирзиёев в качестве почетного гостя принял участие в церемонии открытия «Игр будущего», стартовавших в Астане.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Nurafshon shahar Nurafshon mahallasidagi Do‘stlik uyida shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirokida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Unda 24 nafar fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va muammolarini bevosita shahar rahbariga bayon qildi.

Murojaatlarning asosiy qismi bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy masalalarni hal etish, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish hamda boshqa hayotiy ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ul rahbarlarning axboroti tinglanib, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Zudlik bilan yechim topish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlarni esa belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish vazifalari yuklatildi.

Shahar rahbari tomonidan mas’ullarga murojaatlarning ijrosini ta’minlash, fuqarolarni ortiqcha ovora qilmaslik va har bir masala bo‘yicha yakuniy natijaga erishish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sayyor qabullar — aholi bilan bevosita muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni tezkor hal etishning muhim mexanizmi sifatida davom ettirilmoqda.

Har bir murojaat — e’tibor va amaliy yechimni talab qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1