Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida obodlik va bunyodkorlik ishlari — xalqimiz farovonligi yo‘lida

Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida Nurafshon shahrida hududlarni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi uchun qulay va farovon yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🔘Mazkur jarayonlarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 49-Toshkent viloyati saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati. O’zMTDP fraksiyasi a’zosi Zuhra Mirgaziyeva hamda shahar hokimi Qobil Xamdamov Nurafshon shahridagi “Nurafshon” mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.


Ushbu tashrifda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N. Normirzayeva, shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova hamda xotin-qizlar faollari ham ishtirok etdi.

🔘Tashrif davomida “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasidagi “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mahalladagi obod va namunali xonadonlardan birida bo‘lib, xonadon egalari bilan samimiy muloqot qilindi.


❗️Muloqot davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi faolligi va hududni yanada obodlashtirish borasidagi tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif yakunida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish, ozodalikka rioya etish hamda aholini ushbu ezgu tashabbuslarda faol ishtirok etishga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, bugun Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va infratuzilmaviy loyihalar natijasida shahar qiyofasi tobora yangilanib, obod va zamonaviy maskanga aylanib bormoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Янги ҳаёт ва ёруғ келажак рамзи

Ёхуд Нурафшон Янги Ўзбекистон иқтисодий ва технологик тараққиётининг қудратли таянчига айланмоқда

👉 https://xs.uz/kr/news/-b4f953d2

Расмий саҳифаларимиз 👇

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
2👏1


Nurafshon shahridagi mahallalarni obod qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Bugun kun avvalida Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirokida “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida shahardagi barcha mahallalarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar taqsimlanib, mas’ullarga vazifalar yuklatildi.


🔘Muloqotlarda shahar hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda sohaga mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi. Unda mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Xususan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash va modernizatsiya qilish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida belgilangan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida shahardagi barcha mahallalarda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash, hududlarni obod va ko‘rkam maskanlarga aylantirish hamda aholi uchun yanada qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1👏1